So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
16 yoshli qizni oʻldirish bilan tahdid qilgan sobiq imom-xatib 3 sutkaga kesildi
Муқаддам судланган Авазхўжа Баҳромов “Ал-Азхар” ўқув марказида ўқувчиларга куракда турмайдиган сўзлар билан ҳақорат қилган.
Xabaringiz bor, ijtimoiy tarmoqlarda “Eshonxoʻja ota” masjidining sobiq imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov, arab tilini oʻrganayotgan 16 yoshli qizlar bilan qoʻpol gaplashayotgani va jonini olishini aytib tahdid qilgan audiosi tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan bugun jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudida Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) boʻyicha A. B. (1977-yilda Toshket viloyatida tugʻilgan, muqaddam Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 241-moddasi (diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzish) bilan maʼmuriy javobgarlikka tortilgan) ga nisbatan yuritilgan maʼmuriy ish koʻrib chiqildi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sud majlisida aniqlanishicha, huquqbuzar 2023-yil 27-yanvar kuni soat taxminan 9:30 larda Shayxontohur tumani hududida joylashgan “Al-Azxar” oʻquv markazi binosida boʻla turib, jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat tartibini buzib, fuqaro M. A. ni soʻkib, mayda bezorilik sodir etgan.
Jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudining 2023-yil 30-yanvardagi qarori bilan A. B. ga Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 183-moddasi bilan 3 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.
“Arizachi va huquqbuzarga sud majlisida mazkur maʼmuriy ishga aloqador boʻlmagan huquqbuzarliklar yuzasidan keltirilgan vajlar boʻyicha tegishli tartibda huquqni muhofaza etuvchi idoralarga murojaat qilish huquqi tushuntirildi.
Ushbu qaror ustidan qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda Toshkent shahar sudiga apellyatsiya shikoyati yoki protest berilishi mumkinligi maʼlum qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, 28-yanvar kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat komissiyasi yigʻilishida Toshkent viloyati Toshkent tumani “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov masalasi koʻrib chiqildi.
Ushbu yigʻilishda ichki nazorat komissiyasi Toshkent tumani “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromovni egallab turgan lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida xulosa qilindi.




Izohlar 1
