So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Nukusdagi portlash yuzasidan Tezkor shtab tuzildi
Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Respublika tezkor shtabi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida sodir boʻlgan portlash yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum boʻlishicha, 2023-yilning 29-yanvar kuni soat taxminan 16:15 larda Nukus shahri “Temir yoʻl” mahallasi 22 kichik tuman 8/1-uyning 4-qavatida joylashgan xonadonlarning birida gaz va havo aralashmasining chaqnashi tufayli portlash sodir boʻlgan.
Natijada, uydagi bir nechta xonadonlarning tom va pol qismlari oʻpirilib, 4-qavatdan 1-qavatgacha tushib ketgan. Xodisa oqibatida 2 nafar fuqaro, yaʼni 2003-yilda tugʻilgan S.Sh. va 2004-yilda tugʻilgan Z.A., kuyish jaroxati olgan va zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi filialiga yotqizilgan.
Ushbu voqea yuzasidan Tezkor shtab tuzilgan va uning boshchiligida baxtsiz xodisa sodir boʻlgan uyda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda, shu jumladan ushbu uyda yashovchi fuqarolar xatlovdan oʻtkazilib, oʻpirilgan tom va pol qismlari tagida fuqarolar bor-yoʻqligiga aniqlik kiritish boʻyicha choralar koʻrilmoqda.
Shuningdek, ushbu uyda yashab kelayotgan qolgan fukarolar evakuatsiya qilinib, vaktinchalik uy-joy va uch mahal issiq ovqat bilan taʼminlandi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Voqea yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot taqdim etiladi.