So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Jaloliddin Ahmadaliyev, Botir Ergashev va Nilufar Usmonova — “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” aniqlandi
Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov Prezident hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq taʼsis etilgan ushbu mukofotni topshirish marosimi Yangi Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba oʻtkazilayotganini alohida taʼkidladi.
28-yanvar kuni “Zoʻr TV” teleradiokompaniyasining “Renessans Hall” suratga olish majmuasida “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” madaniyat va sanʼat milliy mukofotini topshirish marosimi o'tkazildi.
Tadbirni ochib bergan Madaniyat va turizm vaziri Ozodbek Nazarbekov Davlatimiz rahbari hamda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlariga muvofiq taʼsis etilgan ushbu mukofotni topshirish marosimi Yangi Oʻzbekiston tarixida ilk marotaba oʻtkazilayotganini alohida ta'kidladi.
"Eng muhimi, nomzodlar "Milliy tanlovlar" platformasida ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida keng jamoatchilikning onlayn ovoz berishi orqali aniqlandi, — dedi vazir. — Aniqrogʻi, bugun oʻz yoʻnalishida “eng yaxshi” deb topilganlar xalqimiz tomonidan xolis baholandi".
Qayd etish joizki, mukofotga nomzodlar teatr, sirk, musiqa sohasining estrada, anʼanaviy, akademik, folklor, bastakorlik, kompozitorlik, raqs, shuningdek, tasviriy va amaliy sanʼat, badiiy ijod hamda madaniyat va sanʼatning boshqa yoʻnalishlarida faoliyat yuritayotgan soha vakillari orasidan 20 ta nominatsiya boʻyicha saralab olindi.
Demak, nominatsiyalar bo‘yicha quyidagilar g‘olib bo‘ldi:
Yilning eng yaxshi an’anaviy erkak xonandasi — Xushnud Solijonov
Yilning eng yaxshi an’anaviy ayol xonandasi — Gulbahor Erqulova
Yilning eng yaxshi rang tasvir rassomi — Zebiniso Sharipova
Yilning eng yaxshi haykaltaroshi — Botir Hakimov
Yilning eng yaxshi kutubxonachisi — Farhod Jo’rayev
Yilning eng yaxshi vazirlik teleloyihasi — “Aktyor”
Yilning eng yaxshi ma’naviyat targ‘ibotchisi — Jamila Shermuhammedova
Yilning eng yaxshi adibi (shoir) — Botir Ergashev
Yilning eng yaxshi bastakor — Nodir Umarov
Yilning eng yaxshi raqqosasi — Dilnoza Ortiqova
Yilning eng yaxshi sozandasi — Doniyor Yunusov
Yilning eng yaxshi badiiy jamoasi — Sug'diyona O'zbek xalq cholg'ulari komer orkestri
Yilning eng yaxshi teatr aktryori — Abror Muxiddinov
Yilning eng yaxshi teatr aktrisasi — Gulasal Rahmanova
Yilning eng yaxshi sirk artisti — Stejka Veronika
Yilning eng yaxshi teatr rejissyori — Asqar Xolmo'minov
Yilning eng yaxshi yosh baxshisi — Uldavlet Sarsenbayeva
Yilning eng yaxshi opera ijrochisi — Umid Isroilov
Yilning eng yaxshi estrada ayol xonandasi — Nilufar Usmonova
Yilning eng yaxshi estrada erkak xonandasi — Jaloliddin Ahmadaliyev
Shuni alohida ta'kidlash joizki, shu paytga qadar kutubxona sohasida faoliyat yuritayotganlar e'tirof etilmagan. “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” madaniyat va sanʼat milliy mukofotini topshirish marosimiga esa aynan "Yilning eng yaxshi kutubxonachisi" nominatsiyasi ham kiritildi.
Ta'kidlash kerakki, san'atimizning yorqin namoyondalari ijrosidagi go'zal kuy-qo'shiqlar, turli raqslar, so'z ustalari chiqishlari va boshqa ko‘ngilochar shoular marosimga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.
Bu kabi tadbirlar, albatta, O‘zbekiston madaniyati, san'atining yanada taraqqiy etishi va butun dunyoda tan olinishida muhim ahamiyatga ega.
Manba: Madaniyat va turizm vazirligi