So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
“Dunyoni zabt etaman desangiz, bugundan oʻqishni boshlang” — Ohangaron hokimi
Toshkent viloyatining Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov va sektor rahbarlari Yoshlar markazi binosida boʻlib, u yerdagi yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazishdi.
Prezident kundan-kunga yoshlarga katta eʼtibor qaratmoqda va mutasaddi rahbarlar oldiga bir-qator muhim topshiriqlar qoʻyilmoqda.
Jumladan yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, yoshlarni kasbga tayyorlash, sifatli bilim berish, mehnatga layoqatli yoshlarni ish bilan taʼminlash va ularga yetarlicha sharoit yaratib berish shular jumlasidandir.
Joriy yilning 27-yanvar kuni Toshkent viloyatining Ohangaron shahar hokimi Akrom Eshonqulov va sektor rahbarlari Yoshlar markazi binosida boʻlib, u yerdagi yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazishdi.
Mazkur uchrashuvda shahar hokimi yutuqlarga erishgan yoshlarni taqdirlab, qolgan yoshlarni ham boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish kerakligini taʼkidladi hamda ularga hokimiyat tomonidan har tomonlama yordam koʻrsatilishini maʼlum qildi.
Xususan shahar hokimi 3-sonli umum-oʻrtaʼlim maktabida tahsil olayotgan 11 sinf oʻquvchisini IELTS imtihonidan “7” ball olganini alohida eʼtirof etdi.
«Durdona, qizimiz IELTSʻdan 7 ball olibdi. Tumanda bundaylar sanoqli. Bu qanaqa baxt ekanligini bilasizlarmi? Chet elga “vыzovlar” boʻladi, grandlar yutish imkoniyati bor...
<em>Kerak boʻlsa Oliy maʼlumotli diplom bilan darajasi teng! Tarjimon boʻlib ishlab ham 1500 AQSH dollar maosh olish mumkin. Agarda sizlar ham shu qizimizga oʻxshab qiziqsalaringiz faqat yutuqlarga erishasizlar. Ota-onangizga rahmat (Durdonaga - tahr), siz bilan yaxshi kunlarda uchrashamiz
», — deydi hokim.
Yoshlar bilan suhbat davomida Akrom Eshonqulov birinchi sektorda 30-40 nafar yoshlar bilan uchrashganini aytib, ularning kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishi yoʻqligidan qattiq xafa boʻlganini aytdi.
«Bu ketishda maqsadinglarga erisholmaysizlar! Yaqinda mis klasterini ishga tushirmoqchimiz, tayyor yerimiz bor, ammo uning loyihasini turklar chizyapti. Investorlar tumanda yana ikkita kabel zavodini qurishni boshlayapti, agar shu zavodni yurgizishga aqlingiz yetmasa faqat qora ishchi boʻlasiz...
Oʻqimasangiz qorovul, yuk tashuvchi boʻlasiz, oʻqisangiz shunaqa katta-katta zavodlarni boshqarasiz. Qachongacha biz chetdan kelganlarga qarab, “vov” deymiz, qachongacha bizning yoshlar ularning qoʻlida ishlaydi.
Bu menga yoqmaydi, shuning uchun “dunyoni zabt etaman, katta-katta marralarga erishaman” desangiz bugundan kirishing, shu kunlar ham oʻtadi... Maqsadni toʻgʻri qoʻygan yoshlar albatta maqsadiga erishadi. Telefoni ichiga kirib ketmanglar, buni turgan bitgani zarar. Undan koʻra kitob oʻqinglar..
.», — deydi u.
Shuningdek, tadbirda Unifight (universal jang) sport turidan jahon chempionatida qatnashib, sovrinli oʻrinni egallagan Shamsiddin Tojiboyev yoshlarga oʻrnak sifatida koʻrsatildi.
Oxangaron shahar yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilgan ishlar
Mahallalardagi 21 nafar yoshlar yetakchilari tomonidan 14-30 yosh toifasidagi yoshlarni uyma-uy yurib, jami 9 ming 272 nafar (100%) yoshlar anketasi asosida xatlovdan oʻtkazilib, bugungi kunga qadar ularning 9 ming 272 nafari (100%)“Yoshlar balansi” elektron platformasi tizimiga kiritildi.
Yoshlar yetakchilari tavsiyasiga koʻra 2022-yilda “Yoshlar daftari”ga 378 nafar yoshlar kiritilib bugungi kunga qadar 375 nafar yoshlarga “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan koʻmak koʻrsatildi.xozirgi vaqtda Yoshlar daftarida 3 nafar yoshlarning murojaatlariga koʻmak berish jarayonida.
Shu jumladan 2023-yilning 4-yanvar holatiga 133 nafar professional va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan talabalarga 541 mln 043 ming 991 soʻm 7 tiyin kontrakt toʻlovi toʻlab berildi.
35 nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarni zamonaviy kasblarni egallashi, axborot texnologiyalarini oʻrganish va ularni xorijiy tillarga oʻqitish boʻyicha oʻquv kurslariga oʻqish xarajatlarining 2 oyligi uchun BHM ning 4 baravarigacha boʻlgan 83 mln 670 ming soʻm miqdordagi toʻlovlari qoplanib berildi
2 nafar Yoshlarning ilm-fan, sport, sanʼat va madaniyat yoʻnalishlaridagi oʻquv kurslarida oʻqishlari uchun xarajatlari BHM ning 1 baravarigacha 7 mln 800 ming soʻm miqdorda subsidiya ajratildi
10 nafar yoshga haydovchilik oʻquv kursiga oʻqish uchun oʻqish 14 mln 522ming 250 soʻm toʻlab berilib oʻqitilmoqda.
10 nafar yoshga haydovchilik oʻquv kursiga oʻqish uchun oʻqish xarajatlarining BXMning 4 baravari miqdorda Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi jamgʻarmasi tomonidan 12 mln 000 ming soʻm toʻlab berilib oʻqitilmoqda.
2 nafar yoshga Safarbarlik chaqiruv rezurvi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi jamgʻarmasi tomonidan 11 mln 557 ming 320 soʻm toʻlab berilib harbiy xizmatni oʻtab kelishmoqda.
37 nafar oilaviy sharoiti ogʻir va bemor yoshlarga BXMning 4 baravari 1mln 200 mingdan bir martalik moddiy yordam uchun 42 mln 864 ming soʻm miqdorda mablagʻ ajratilib yordam koʻrsatildi.
5 nafar yoshlarning sogʻligʻini tiklashda jarrohlik amaliyoti uchun 33 mln 981 ming soʻm miqdorda tibbiy yordam koʻrsatildi.Hozirda bu yeshlarimiz koʻrsatilgan jarrohlik shifoxonalarda amaliyot uchun davolash ishlari olib borilmoqda.
3 nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy ahvoli qiyin yoshlarga turar joy ijarasi uchun 12 oygacha boʻlgan ijara toʻlovi shartnomasiga asosan 18 mln 720 ming 720 soʻm toʻlab berildi.
75 nafar yoshlar oʻzini–oʻzi band qilish orqali tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun 634 mln 068 ming soʻm mablagʻ ajratilib
23 ta tikuv mashinasi va overlig,
2 nafar yoshga novvoychilik uchun kerakli jihozlar,
25 nafari yoshga kompyuter jamlanmasi,
4 nafarga qandolatchilik yoʻnalishi boʻyicha,
4 nafar yoshga, sartaroshlik asbob uskunalari,
8 nafar yoshga qurilish sohasida kerakli uskunalari, tomorqa faoliyatini boshlashlari uchun kerakli uskunalari
2 nafar yoshga dehqonchilik qilish uchun mini kultivator uskunasi,
2 nafar yoshga parrandachilik uchun kerakli uskuna (inkubator)
1 nafar yoshga foto obyektiv moslamalar topshirildi.
Shuningdek
«Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek «besh muhim tashabbus» doirasidagi tadbirlarni va yoshlar festivallari forumlar, tanlovlarni moliyalashtirish hamda “Besh tashabbus olimpiadasi” olimpiadalarida fan ishtirok etgan va oʻz iqtidori bilan sport yoʻnalishida chempionlikni qoʻlga kirilgan yoshlarni ragʻbatlantirish, tadbirlarni tashkil etishda 169 ming soʻm miqdorida mablagʻ ajratilgan.
Yoshlar daftariga kiritilgan 25 nafar yoshlar tadbirkorlik qilish va oʻzini band qilish maqsadida imtiyozli 14% li kredit olib 30 ta ishchi oʻrin yaratishga erishildi.
Yoshlar daftariga kiritilgan 5 nafar yoshlarni tadbirkorlik va kasb-hunarga oʻqitildi.
Yoshlar daftariga kirilgan 5 nafar yoshlar kontrakt toʻlovlari homiylik va taʼlim krediti berilib oʻz xohishiga koʻra daftardan chiqarildi
Yoshlar daftariga kirilgan 3 nafar yoshlar hokim yordamchisi va bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan subsidiya asosida mehnat qurollari topshirildi.
Yoshlar daftariga kiritilgan 25 nafar yoshlarni ishga joylashtirilganligi boʻyicha bandligi taʼminlandi