So`ngi yangiliklar
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Oltinning narxi tarixiy rekord darajaga oshdi
Markaziy Osiyolik migrantlar Rossiya oʻrniga Xitoy, Koreya va Yevropani tanlamoqda. Sababi nimada?
Putin Ukraina bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarni taklif qildi: Kiyev qanday javob qaytaradi?
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
“Yuragingni sugʻurib tashlayman” — 16 yoshli qizni oʻldirish bilan tahdid qilgan imom-xatib ishdan olindi
Yigʻilishda imom-xatibning mazkur holati imomlik maqomiga mutlaqo toʻgʻri kelmasligiga alohida urgʻu qaratilib, unga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimida oʻrin yoʻqligi alohida taʼkidlangan.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov, arab tilini oʻrganayotgan 16 yoshli qizlar bilan qoʻpol gaplashayotgani va jonini olishini aytib tahdid qilgan audiosi tarqaldi.
Tarmoqlarda yashin tezligida tarqalgan audio yuzasidan “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi tushuntirish berib, bu audiodagi soʻzlar unga tegishli emasligini maʼlum qildi.
Shundan soʻng, 28-yanvar kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ichki nazorat komissiyasi yigʻilishida Toshkent viloyati Toshkent tumani “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov masalasi koʻrib chiqildi. Bu haqda Musilmonlar idorasida matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda imom-xatibning ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab boʻlgan arab tili kursidagi xatti-harakatlari muhokama qilindi. Yigʻilishda imom-xatibning mazkur holati imomlik maqomiga mutlaqo toʻgʻri kelmasligiga alohida urgʻu qaratilgan.
Ayniqsa, ichki meʼyoriy hujjatlarda belgilangan “fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala, vazmin va samimiy munosabatni namoyish qilish”, va “oʻzining xatti-harakati va axloqi tufayli jamoatchilikning tanqidiga uchramaslik choralarini koʻrish” degan bandlarning Bahromov tomonidan qoʻpol ravishda buzilishi deb baholandi.
Shuningdek, Avazxoʻja Bahromov arab tili oʻquv kurslarida dars berishi toʻgʻrisida Oʻzbekiston musulmonlari idorasini belgilangan tartibda xabardor etmagani ham alohida qayd etildi.
“Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi diniy soha xodimlarini jamiyatda oʻzini tutishi, odamlar bilan munosabatda namuna koʻrsatishi, imomlik maqomiga munosib boʻlishi borasida muntazam tushuntirish ishlarini olib boradi. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tomonidan avval ijroga yoʻnaltirilgan normativ hujjatlarda ham imom-xatib tasdiqlangan meʼyoriy hujjatlarga amal qilishi va mehnat majburiyatlariga rioya etishi qatʼiy belgilab qoʻyilgan edi.
Afsuski, Avazxoʻja Bahromov mazkur xatti-harakati bilan meʼyoriy hujjatlar talablarini qoʻpol ravishda buzib, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining mazkur yoʻnalishdagi buyruqlari, ichki tartib qoidalari hamda mehnat majburiyatlariga rioya etmagani maʼlum boʻldi”
, — deyiladi xabarda.
Ichki nazorat komissiyasi Toshkent viloyati Toshkent tumani “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromovni egallab turgan lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida xulosa qildi.
“Bunday shaxslarga Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tizimida oʻrin yoʻqligi alohida taʼkidlandi.
Ayni kunlarda huquqni muhofaza qiluvchi idoralar Avazxoʻja Bahromovning mazkur xatti-harakatlariga huquqiy baho berish yuzasidan ish olib bormoqda
”, — deb qoʻshimcha qilinadi xabarda.



