So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ekologlar reydi. Toʻdakoʻlda noqonuniy baliq ovlagan brokonyerlar qoʻlga olindi
Ovchilar hayvonot dunyosiga 11 mln 670 ming soʻm zarar keltirishgan.
Navoiy viloyati Qiziltepa tumanidagi Toʻdakoʻl suv havzasi hududida tegishli tashkilot xodimlari bilan nazorat reyd tadbirlari oʻtkazildi, deya xabar bermoqda viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Maʼlum boʻlishicha, reyd tadbirlari davomida 6 nafar fuqaro ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzgan holda jami 48 dona baliqni ovlagani aniqlandi.
Holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 90-moddasi 1-qismi (Ov qilish va baliq ovlashning taqiqlangan qurollarini yoki vositalarini tayyorlash, olib kirish, saqlash, tashish yoki yuborish, olish yoxud sotish) bilan BHMning 10 barobari miqdorida — jami 18 mln soʻm jarimaga tortildi.
Ovlangan 48 dona baliq uchun hayvonot dunyosiga yetkazilgan 11 mln 670 ming soʻm zarar miqdori hisoblandi.