So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Isroil Eronda maxsus operatsiya boshladi — Al Arabiya
Isroil Eronning bir nechta harbiy bazalariga hujum qilgan, ayni damda mamlakat boʻylab internet oʻchirilgan.
Eronda yakshanbaga oʻtar kechasi eng yirik qurol-yarogʻ va asbob-uskunalar ishlab chiqaruvchi zavod va boshqa sanoat obyektlarida ketma-ket portlashlar sodir boʻldi. Bir qator shaharlarda havo ogohlantirishi eʼlon qilindi.
IRNA axborot agentligining xabar berishicha, Sharqiy Ozarbayjon viloyatining Shahid-Salimiy shahrida dvigatel moylari ishlab chiqaruvchi yirik zavod yonib ketgan.
Tasnim axborot agentligining aniqlik kiritishicha, dronlar harbiy ombor va oʻq-dorilar ishlab chiqarish markaziga hujum qilgan.Portlash ovozlari mamlakat poytaxti Tehronda ham eshitilgan Eron Mudofaa vazirligi oʻq-dorilar ishlab chiqarish markaziga qilingan hujumni tasdiqlaganini aytdi.
“2023-yil 28-yanvar kuni kechki soat 23:30 atrofida Mudofaa vazirligi markazlaridan biriga dronlar yordamida muvaffaqiyatsiz hujum uyushtirildi. Ulardan biri urib tushirilgan. Havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan, qolgan ikkitasi mudofaa tuzogʻiga tushib, portladi”, — deyiladi xabarda.
Al Arabiya telekanalining maʼlum qilishicha, Isroil Eron harbiy sanoatini yoʻq qilish uchun maxsus harbiy operatsiya boshlaganini xabar qildi. Harbiy operatsiyadan maqsad — Eron harbiy sanoatini yoʻq qilish boʻladi.
Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga koʻra, Tabrizdagi dron zavodi, Isfahondagi uchuvchisiz oʻq-dorilar zavodi va Mallarddagi oʻq-dorilar ombori bombalangan. Qayd etilishicha, Eronning havo mudofaasi hujumga qarshi samarasiz boʻlgan.
Javanrud shahrida isyonchilar politsiya boʻlimlari va IRQH bazalariga bostirib kirishdi. Mamlakatda internet oʻchirilgan.