So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda chiqindi gazidan elektr ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi
Chiqindi gazidan umumiy ishlab chiqarish quvvati kamida 16 MVt boʻlgan elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Toshkent viloyatining Ohangaron va Maydontol maishiy chiqindilar poligonlarida hosil boʻladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasini ishlab chiqarish majmuasi quriladi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, chiqindi gazidan umumiy ishlab chiqarish quvvati kamida 16 MVt boʻlgan elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Loyiha Koreyaning Sejin G&E kompaniyasi ishtirokida 55 mln dollar miqdoridagi toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Mazkur loyihani amalga oshirish natijasida, nafaqat Oʻzbekistonda, balki Markaziy Osiyo mintaqasidagi yagona boʻlgan yirik maishiy chiqindi poligonlarida hosil boʻladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish stansiyasi tashkil etiladi.