So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Jurnalistlarining qoʻlga olinishi bilan bogʻliq vaziyatdan xavotirdamiz” — Mass-media fondi
Mass-media fondi huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu masala boʻyicha izoh berishni soʻramoqda.
Bugun 27-yanvar, soat 10:00 atrofida Human.uz sayti direktori Xurshid Daliyev, sayt bosh muharriri Muslim Mirzajonov va saytning boshqa xodimlari oʻzini “organ xodimlari” deb tanishtirgan insonlar tomonidan Human.uz saytining Toshkent davlat agrar universiteti hududida joylashgan ofisidan olib ketildi.
"Oʻzini IIO xodimi sifatida tanishtirgan shaxslar tahririyat ofisining asosiy eshiklarini buzib kirishgan va ayni damda ular tomonidan barcha maʼlumotlar, qurilmalar tintuv qilinmoqda", - deyiladi xabarda.

Saytning ofisi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Quyi Chirchiq tumani boʻlimi surishtiruvchisi E. Ablamurodov imzosi bilan muxrlandi. Hozirda saytning oʻzi ham blokka tushirilgan.
Mazkur voqea yuzasidan Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi munosabat bildirdi.
“Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Human.uz internet nashri jurnalistlarining qoʻlga olinishi bilan bogʻliq vaziyatdan xavotirda. </em>
<em>Huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu masala boʻyicha izoh berilishini kutamiz hamda jurnalistlar xavfsizligi, shunindek, ularning professional faoliyatiga qonuniy munosabatda boʻlinishi taʼminlanishini soʻraymiz”, — deyiladi munosabatda.