So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Ikkita harbiy qismga maxsus texnikalar topshirildi” — Mudofaa vazirligi
Mudofaa vazirligi boshqa harbiy qismlar ham zamonaviy harbiy texnikalar bilan taʼminlanishini maʼlum qildi.
Bugun, 27-yanvar kuni Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi Xayrobod va Kakaydi garnizonlarida joylashgan harbiy qismlarga yangi texnikalar topshirildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vazirlik tomonidan harbiy qismlarga qanday texnikalar berilganligi haqida qisman boʻlsa-da maʼlumot berilmagan. Biroq suratlardan harbiylarga “Kamaz” 4326 rusumli bir oʻqli yoʻl tanlamas yuk mashinasi sovgʻa qilinganini koʻrish mumkin. Ushbu mashina asosan askarlarni tashish uchun xizmat qiladi.


“Mazkur harbiy texnikalar mamlakatimizdagi mahalliy zavodlarda yigʻilgan boʻlib, yonilgʻi sarfi boʻyicha tejamkorligi, manyovr imkoniyatlari kengligi va boshqa texnik koʻrsatkichlari bilan ajralib turadi”, — deya taʼrif berilgan xabarda.