So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fargʻonadan Qirgʻizistonga mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi
2020-yilgacha mavjud boʻlgan mazkur qatnov, pandemiya davri cheklovlarida toʻxtab qolgan edi.
26-yanvardan eʼtiboran “Fargʻona – Quvasoy – Qizil-qiya” xalqaro yoʻnalishida mikroavtobus qatnovi qayta tiklandi. Bu haqda Viloyat Transport boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Fargʻona va Qirgʻizistonning Batken viloyatidagi Qizil-qiya shahri oʻrtasida amalga oshiriladigan mazkur qatnov ikki chegaradosh viloyat oʻrtasidagi bordi-keldi uchun muhim yoʻnalishlardan biri hisoblanadi. 2020-yilgacha mavjud boʻlgan mazkur qatnov, pandemiya davri cheklovlarida toʻxtab qolgan edi.
Qirgʻiziston tomonidan “Qizil-qiya PATP”, Oʻzbekiston tomonidan esa “Daewoo Trans Servis” MCHJ xizmat koʻrsatuvchi yoʻnalish umumiy masofasi 39,5 kmni tashkil etib, yoʻlkira narxi 12 ming soʻm etib belgilandi.
Mikroavtobuslar Qizil-qiya va Fargʻonadan tongi soat 7:20 da harakat boshlanishi nazarda tutilgan.
Kelgusida aholi talab va ehtiyojlarini inobatga olgan holda bu kabi qatnovlarni koʻpaytirish rejalashtirilmoqda.