So`ngi yangiliklar
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Oltinning narxi tarixiy rekord darajaga oshdi
Markaziy Osiyolik migrantlar Rossiya oʻrniga Xitoy, Koreya va Yevropani tanlamoqda. Sababi nimada?
Putin Ukraina bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarni taklif qildi: Kiyev qanday javob qaytaradi?
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
“BBC va CNNʻda Oʻzbekiston turizm salohiyati targʻib qilinadi” — Madaniyat va turizm vazirligi
Vazirlik xorijning ikkita nufuzli nashrlari bilan hamkorlik qilishni boshladi.
.jpg)
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Aʼzamov Britaniyaning “BBC World News Eurasia” korporatsiyasi tijorat xizmati rahbari, “Dars films” bosh prodyuseri Sergey Stanovkin bilan videokonferensiya shaklida uchrashuv oʻtkazdi.
U, shuningdek, CNN korporatsiyasining Osiyo hamda Afrika boʻyicha mintaqaviy direktori Imron Ahmad bilan ham uchrashdi.
Qayd etish joizki, korporatsiyaning suratga olish guruhi Oʻzbekistonda boʻlib, sayyohlik shaharlari, landshaftlari, gastronomiyasi, oʻzbek xalqining hunarmandchiligi va anʼanalari haqida maxsus videoroliklar tayyorladi hamda keyinchalik telekanal orqali namoyish qilindi va “www.bbc.com” saytida chop etildi.
Bundan tashqari, ushbu saytda Oʻzbekiston haqidagi maqola oʻrin olgan boʻlib, unda jurnalistlar Oʻzbekistonning rang-barang madaniy-tarixiy merosi, jahon tarixi, ilm-fan rivojiga beqiyos hissa qoʻshgan Amir Temur va Mirzo Ulugʻbek kabi xalq qahramonlari haqida yozadilar.
Qolaversa, oʻzbek milliy taomlari, oʻzbekistonning qadimiy va zamonaviy shaharlarining boy meʼmorchiligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Shuningdek, “www.bbc.com” saytining sayohat va madaniyat sohalaridagi boʻlimlarida Oʻzbekiston haqidagi reklama bannerlari joylashtirilgan. Har bir mahsulotda Oʻzbekiston milliy turizm brendi aks etgan.
Uchrashuv davomida S.Stanovkin Oʻzbekiston Madaniyat va turizm vazirligi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar tufayli mamlakatimizning hayratlanarli sayyohlik maskani sifatidagi jozibali imiji mustahkamlanayotgani, shaharlarning madaniy-tarixiy, meʼmoriy va gastronomik rang-barangligi ommalashayotganini alohida taʼkidlagan.
Bundan tashqari, BBC bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, xususan, 2023-yilda qoʻshma PR kampaniyasini davom ettirish, Britaniya radioeshittirish korporatsiyasining axborot platformalarida Oʻzbekistonning turizm salohiyati, boy tarixi, madaniyati va anʼanalarini targʻib qilish boʻyicha loyiha va tadbirlarni amalga oshirish kabi masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Shu oʻrinda CNN korporatsiyasining Osiyo hamda Afrika boʻyicha mintaqaviy direktori Imron Ahmad bilan uchrashuv ham samarali oʻtganini taʼkidlash joiz.
Muzokaralar chogʻida Oʻzbekistonning turizm salohiyati, boy madaniy va tarixiy merosini targʻib qilish boʻyicha reklama kampaniyasini amalga oshirish boʻyicha telekanal bilan hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
Maʼlumot oʻrnida mazkur loyiha xalqaro telekanal va uning veb-saytida xorijiy tillarda Oʻzbekiston haqida maxsus videorolik hamda materiallar namoyish qilishni koʻzda tutadi hamda Shimoliy Amerika, Yevropa va Osiyo mamlakatlarini qamrab oladi.
I.Ahmad Oʻzbekiston boʻylab sayohatlar, mavjud boy turizm salohiyati haqida oʻz taassurotlari bilan boʻlishdi. Qolaversa, CNN telekanalining Oʻzbekiston davlat va xususiy sektorlari bilan hamkorligi, shuningdek, korporatsiyaning mavjud platformalari orqali xorijiy mamlakatlarni targʻib qilish boʻyicha oʻz tajribasi bilan oʻrtoqlashdi.
Muzokaralar yakunlari boʻyicha CNN telekanali bilan qoʻshma uzoq muddatli PR kampaniyasini amalga oshirish, shuningdek, korporatsiyaning axborot platformalarida Oʻzbekistonning turizm salohiyati, boy tarixi, madaniyati va anʼanalarini targʻib qilish boʻyicha loyihalarni amalga oshirish boʻyicha kelishuvga erishilgan.
Maʼlumot uchun, 2022-yilda vazirlik BBC bilan birgalikda “BBC World News” korporatsiyasining xalqaro telekanali va uning axborot portalida mamlakatning boy turizm salohiyatini targʻib qilish maqsadida reklama kampaniyasini boshladi.
Taʼkidlash joizki, BBC 40 dan ortiq xorijiy tilda uzluksiz translyatsiya qiladi va 23 mingdan ortiq xodimga ega dunyodagi eng yirik yangiliklar teleradiokompaniyasi hisoblanadi.



