So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Talabalar “Tashkent Indeks”dan haydaldimi?
Vazirlikning maʼlum qilishicha, sovuq havo haroratida majmua yetarli sharoitga ega emas.
“Tashkent Indeks”dan talabalar oʻz xohishiga koʻra, koʻchirilmoqda, ammo ular majburan koʻchirilmagan, deya xabar bermoqda Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi matbuot xizmati.
Vazirlikka koʻra, joriy oʻquv yili boshida “Tashkent Indeks” savdo majmuasida talabalar vaqtincha turishlari uchun sharoit yaratilgan.
“Oʻtgan davr mobaynida aksariyat oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalar turar joylarida qoʻshimcha yotoq oʻrinlari yaratilib, koʻchish istagini bildirgan talabalar koʻchirib oʻtkazilgan.
Shu kunlarda esa sovuq havo haroratida majmua yetarli sharoitga ega emasligi bois, koʻchirish ishlari oliy oʻquv yurtlari talabalar turar joylarida koʻproq qoʻshimcha boʻsh oʻrinlari yaratilishi, aksariyatida yangi yotoqxonalar barpo etilishi hisobiga yanada jadallashdi.
Bunda “Tashkent Indeks”da qolishni xohlovchi talabalarni majburan chiqarib yuborilishiga yoʻl qoʻyilmaydi”, — deyiladi munosabatda.
Maʼlumot oʻrnida, birgina Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida ikki qavatli yotoq oʻrni tashkil etish hisobiga qoʻshimcha 139 oʻrinli, Toshkent davlat pedagogika universiteti tomonidan Oqtepa pedagogika kolleji talabalar turar joyida yangi 300 oʻrinli joy yaratilgan.
Bundan tashqari, Toshkent davlat stomatologiya institutida 400 oʻringa moʻljallangan yangi yotoqxona qurib, foydalanishga topshirildi.