So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Afrosiyob” poyеzdi qoʻylar podasini bosib ketdi. Podachi jarimaga tortiladi
Mazkur holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Afrosiyob” poyezdi temir yoʻldan oʻtayotgan qoʻylarni urib yuborgani aks etilgan video tarqaldi. Mazkur holatga “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ munosabat bildirdi.
Maʼlum boʻlishicha, 2023-yil 24-yanvar kuni “Toshkent – Buxoro” yoʻnalishida harakatlanayotgan 770-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdi “Malikobod” va “Qiziltepa” (Navoiy viloyati) bekatlari oraligʻida harakatlanayotganda, qoʻylar podasidan bir necha bosh hayvonni urib yuborgan. 1000 ga yaqin qoʻy podasi temir yoʻlni notoʻgʻri joyda kesib oʻtib, himoya panjarasini buzib oʻtgan.
Mazkur holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazilib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi. Hayvon egasi qoidalarini buzganligi sababli, hamda “Oʻzbekiston temir yoʻllari”AJga yetkazilgan zarar uchun maʼmuriy jazoga tortiladi.
“Voqea joyidan 300 metr uzoqlikda chorva mollarini haydash uchun maxsus ajratilgan joy mavjud edi. Bunday voqealar kuzatilishini oldini olgan holda, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ rahbariyati tomonidan mazkur hudud boʻylab qoʻshimcha panjara (ikki qavatli toʻsiq) oʻrnatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinib, bugungi kunda eski panjaralarni tiklash va qoʻshimcha panjaralarni oʻrnatish ishlari olib borilmoqda.
Uy chorvalarni, jumladan yirik va kichik shohli hayvonlarni podada yoki yakka tartibda ularning egasi yoki choʻpon tomonidan temir yoʻllardan haydab oʻtish tartib-qoidasi hamda ularni buzganlik uchun javobgarligi mavjudligini eslatib oʻtish joiz!”, — deyiladi xabarda.