So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Yoshlar turizmi haftaligi”. 900 nafarga yaqin maktab oʻquvchilari Samarqand shahrini eskursiya qilishmoqda
Yoshlar turizmi haftaligi”dan koʻzlangan asosiy maqsad yosh avlodda vatanparvarlik, milliy qadriyat va anʼanalarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini shakllantirishdan iborat
Yanvar oyining birinchi oʻn kunligida “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida Samarqand viloyatining barcha hududlaridan 900 nafarga yaqin maktab oʻquvchilari Samarqand shahrining tarixiy obidalari va diqqatga sazovor joylariga ekskursiya qilishmoqda. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shuningdek, Toshkent shahridan Samarqand shahriga ikki kunlik ekskursiyaga 400 nafardan ziyod “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning farzandlari, imkoniyati cheklangan oʻquvchilar, fan olimpiadalarida yaxshi natija koʻrsatgan iqtidorli oʻquvchilar kelishdi.

“Yoshlar turizmi haftaligi” tashkilotchilari tomonidan barcha zarur choralar koʻrilmoqda: harakat xavfsizligidan tortib, yosh sayyohlar uchun issiq ovqat taʼminlanadigan umumiy ovqatlanish punktlarining sanitariya nazoratigacha.
“Yoshlar turizmi haftaligi”dan koʻzlangan asosiy maqsad yosh avlodda vatanparvarlik, milliy qadriyat va anʼanalarga hurmat, Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini shakllantirishdan iborat”, — deyiladi xabarda.