So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
“Oʻzbekiston — dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri” — International SOS
Eng xavfli davlatlar sifatida esa Afgʻoniston, Mali, Liviya, Iroq, Suriya, Afgʻoniston, Yaman va Ukraina qayd etilgan.

Dunyodagi yetakchi sogʻliqni saqlash va xavfsizlik xizmatlari kompaniyasi hisoblangan International SOS mamlakatlarning odamlar hayoti uchun xavfsizligi haqidagi hisobotini taqdim etdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekiston dunyodagi eng xavfsiz davlatlardan biri deya qayd etilgan. Bu borada mamlakatimiz AQSH, Ispaniya, Shvetsiya, Buyuk Britaniya, Qatar, Fransiya kabi davlatlar bilan bir roʻyxatda joylashgan.
«Zoʻravonlik jinoyatlari darajasi juda past. Hech qanday siyosiy tazyiq, fuqarolarning tartibsizliklari va chet elliklarga nisbatan diniy yoki irqiy tajovuz kuzatilmaydi.
Xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar xizmatlari samarali va infratuzilma mustahkam. Transport xizmatlari yuqori standartlarga ega, xavfsizlik qoidalari kuchli va faqat vaqti-vaqti bilangina sayohatlar toʻxtatilishi mumkin», deya taʼrif beriladi xavfsizlik yuqori boʻlgan mamlakatlarga.
Eng xavfli davlatlar sifatida esa Afgʻoniston, Mali, Liviya, Iroq, Suriya, Afgʻoniston, Yaman va Ukraina qayd etilgan.



