So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtadi
Ushbu taqdirlash marosimi har yili anʼanaviy tarzda bir marta ijodkorlar oʻrtasida oʻtkaziladi.
28-yanvar kuni Toshkent shahrida “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” madaniyat va sanʼat milliy mukofotini topshirish marosimi boʻlib oʻtadi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Unda Oʻzbekiston madaniyati va sanʼatini yuksaltirish, uning xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirishda salmoqli, serqirra ijodi bilan katta hissa qoʻshgan isteʼdodli ijodkorlar taqdirlanadi.
Qayd etish lozimki, ushbu taqdirlash marosimi har yili anʼanaviy tarzda bir marta ijodkorlar oʻrtasida oʻtkaziladi.
Tanlovda teatr, sirk, musiqa sohasining estrada, anʼanaviy, akademik, folklor, bastakorlik, kompozitorlik, raqs, shuningdek, tasviriy va amaliy sanʼat, badiiy ijod hamda madaniyat va sanʼatning boshqa yoʻnalishlarida faoliyat yuritayotgan soha vakillari ishtirok etadi. Mukofot uchun nomzodlarni tanlab olish jami 20 ta tegishli nominatsiya asosida tashkil etiladi.
Mukofotga sazovor boʻlgan ijodkorlar BHM(bazaviy hisoblash miqdori)ning 100 baravari miqdorida pul mukofoti bilan ragʻbatlantiriladi va ularga mukofot maxsus statuetkasi hamda sertifikati topshiriladi.
Milliy mukofot marosimi soat 18:00da “Zoʻr TV” teleradiokompaniyasining “Renessans Hall” suratga olish majmuasida oʻtkaziladi.