So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Namangandagi ayrim maktablarda darslar onlayn tarzda davom etadi
23-yanvardan viloyatdagi 710 ta umumtaʼlim maktablaridan 692 ta umumtaʼlim maktablarida oʻquv jarayonlari toʻliq boshlanadi.
Namangan viloyatidagi ayrim maktblarda anʼanaviy dars jarayonlari 23-yanvardan boshlanmaydi. Bu haqda Namangan viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, 23-yanvardan viloyatdagi 710 ta umumtaʼlim maktablaridan 692 ta umumtaʼlim maktablarida oʻquv jarayonlari toʻliq boshlanadi.
Qolgan 18 ta umumtaʼlim maktablarida oʻquv jarayonlari isitish tizimida taʼmirlash ishlari toʻliq yakunlanguncha masofaviy tarzda oʻqitiladi.
Masofaviy oʻqitiladigan maktablar roʻyxati:
Namangan shahridagi 1-7- 50-sonli maktablar;
Mingbuloq tumanidagi 4-25-sonli maktablar;
Pop tumanidagi 1-sonli maktab;
Norin tumanidagi 1-sonli maktab;
Chust tumanidagi 74-sonli maktab;
Chortoq tumanidagi 16-49-sonli maktablar;
Yangiqoʻrgʻon tumanidagi 9-10-15-42-43-sonli maktablar;
Chust tumanidagi 42-sonli maktab;
Uchqoʻrgʻon tumanidagi 46-sonli maktab;
Norin tumanidagi 47-sonli maxsus maktab-internatlari.
Bundan tashqari, viloyatning shahar va tumanlarini bogʻlovchi marshrutli avtobuslarni metan gaz yoqilgʻisi bilan toʻldirish uchun alohida AGNKSlarda sharoitlar yaratildi va hozirda gaz toʻldirish ishlari olib borilmoqda.