So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fargʻona shahar Obodonlashtirish boshqarmasi 500 mln soʻmga yaqin xrizantema gullarini sotib oldi
Gulni yetkazib berish boʻyicha tenderga Dilfuza Xoʻjayeva raislik qilgan.
Fargʻona shahar Obodonlashtirish boshqarmasi yaqin 493 million soʻm evaziga xrizantema gulini sotib oldi. Bu haqda “E.tender.uzex” portalida eʼlon qilindi.
Maʼlum boʻlishicha, “E.tender.uzex” portalida 11-yanvar kuni Fargʻona shahar Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 14 285 ta xrizantema guli yetkazib berish boʻyicha tender eʼlon qilingan.

Mazkur lotni yutish uchun ikkita tadbirkorlik subyekti: Axunov Tojiali Turdaliyevich dexqon xoʻjaligi, OOO “Madad Empire Develop” raqobat qildi.
Komissiyaning bir hafta davom etgan kuzatuvlaridan soʻng Axunov Tojiali Turdaliyevich dexqon xoʻjaligi tender gʻolibi deb topildi. 20—30 santimetr uzunlikdagi mavsumiy gulni yetkazib berish boʻyicha tenderga Dilfuza Xoʻjayeva raislik qilgan.

Tender soʻngida komissiya aʼzolarining umumiy baholariga koʻra, Axunov Tojiali Turdaliyevich dehqon xoʻjaligi maksimal 100 ball bilan qiymati gʻalaba qozongan. Shartnoma qiymati — 492 million 832 ming 500 soʻm. OO “Madad Empire Develop” esa zahira yetkazib beruvchi sifatida koʻrsatilgan.