So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekiston va Chexiya oʻrtasida charter aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishi mumkin
Uchrashuvda turizm sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda Oʻzbekiston – Chexiya forumini oʻtkazishga kelishib olindi.
Oʻzbekiston – Chexiya forumi oʻtkazilishi kutilmoqda
Madaniyat va turizm vazirining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Aʼzamov Praga shahrining “Vaclav Havel” nomli xalqaro aeroporti tijorat direktori Yaroslav Filipni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, uchrashuvda Oʻzbekiston hamda Chexiya oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki davlat oʻrtasida charter aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish, “Vaclav Havel” nomidagi xalqaro aeroport bilan hamkorlikda Oʻzbekiston madaniyati va turizm salohiyatini targʻib qiluvchi loyihalar yuzasidan muzokaralar olib borilgan.
Uchrashuv yakuniga koʻra, Oʻzbekistonning turizm salohiyatini Chexiya ommaviy axborot vositalari hamda aeroport hududida keng targʻib etish, turizm sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarini jalb etgan holda Oʻzbekiston – Chexiya forumini oʻtkazishga kelishib olingan.
Shuningdek, ikki davlat ommaviy axborot vositalari vakillari uchun infoturlar tashkillashtirish boʻyicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.