So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Navoiy viloyatida qurilayotgan shamol elektr stansiyasi uchun Xitoydan turbina va generatorlar olib kelinmoqda” — Energetika vazirligi
Mazkur elektr stansiya joriy yil yakunida ishga tushiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi boʻlib hisoblanadi.
Birlashgan Arab Amirliklarining “Masdar” kompaniyasi tomonidan Navoiy viloyatining Tomdi tumanida quvvati 500 MVt boʻlgan shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.
Energetika vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, “Masdar” va Xitoyning “Goldwind” kompaniyalari oʻrtasida Navoiy viloyatining Tomdi tumanida qurilayotgan shamol elektr stansiyasi uchun 111 ta turbinani yetkazib berish boʻyicha shartnoma imzolangan.

Shunga koʻra, Xitoyning Lanjou shahridan Oʻzbekistonda qurilayotgan shamol elektr stansiyasi uchun shamol generator va turbinalari maxsus transport vositalari orqali olib kelinmoqda.

Mazkur elektr stansiya joriy yil yakunida ishga tushiriladi va u Markaziy Osiyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasi boʻlib hisoblanadi. Stansiya toʻliq ishga tushirilgach, yiliga 1 mlrd 800 mln kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Buning natijasida yiliga 540 mln kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi va atmosferaga 720 ming tonna zararli gazlar chiqishining oldi olinadi.
Eslatib oʻtamiz, ushbu yirik loyiha Prezidentning 2020-yil 22-dekabrdagi qarori asosida amalga oshirilmoqda.