So`ngi yangiliklar
Qonun kuchi yetmayotgan — “Qonunsizlar”!
Lavrov Samarqanddagi “Motamsaro ona” haykalida rus tilidagi yozuv yo‘qligiga e’tibor qaratdi
Aya Sofiyaning ramziy gumbazi asrlarga bardosh berish uchun qayta tiklanmoqda
UzAuto Motors sotiladi
Oltinning narxi tarixiy rekord darajaga oshdi
Markaziy Osiyolik migrantlar Rossiya oʻrniga Xitoy, Koreya va Yevropani tanlamoqda. Sababi nimada?
Putin Ukraina bilan toʻgʻridan toʻgʻri muzokaralarni taklif qildi: Kiyev qanday javob qaytaradi?
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
“Omikron”ni grippdan qanday farqlash mumkin?
Hilola Alimova eng samarali profilaktik chora sifatida esa koronavirusga qarshi oʻz vaqtida, toʻliq bosqichda va buster dozada emlanishni tavsiya qildi.

Hozir dunyoning qator davlatlarida koronavirus pademiyasining yangi toʻlqini bilan birga, gripp va OʻRVI epidemiyasi ham kuzatilmoqda.
Biroq shamollash bilan bogʻliq bu xastaliklar belgilari aksariyat hollarda “omikron” shtammi alomatlari bilan deyarli bir xil namoyon boʻlyapti.
Xoʻsh, tibbiy tahlillarsiz ushbu kasalliklarni bir-biridan qanday farqlash mumkin? Ushbu savollarga Zangiota 1-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori oʻrinbosari Hilola Alimova javob berdi.
"Koronavirus kasalligiga xos ayrim belgilar shamollash va gripp simptomlariga juda oʻxshash. Tana harorati koʻtarilishi, umumiy holsizlik, ishtaha yoʻqolishi, bosh, tomoq va mushaklardagi ogʻriqlar shular jumlasidan.
Shunga qaramay, ularni oʻzaro ajratib turuvchi holatlar bor.
Xususan:
Gripp virusining inkubatsiya davri ancha qisqa — 1-2 kunni tashkil etadi. “Omikron”ning yashirin muddati esa uzoqroq — 4-6 kun davom etadi.
Demak, grippga chalingan bemor bilan muloqotdan bir kun oʻtib, betob boʻlib qolsangiz, sizga ham mazkur infeksiya yuqqani ehtimoli yuqori. Qolaversa, odatiy gripp koʻpincha mushak, boʻgʻim va suyaklar hamda bosh ogʻrigʻini keltirib chiqaradi. Burun oqishi va 37 daraja atrofidagi isitma esa boshqa oʻtkir respirator virusli infeksiyalarga xos.
Koronavirus natijasida ovqat hazm qilish tizimi faoliyati buzilishi mumkin. OʻRVI da esa bunday holat kam kuzatiladi.
COVID-19 ning oʻrta va ogʻir bosqichlarida kasallikning beshinchi-yettinchi kunlariga kelib, tana harorati 38-39 darajadan oshishi, nafas yetishmovchiligi, hansirash paydo boʻlishi mumkin.
Oddiy shamollash va grippda esa — aksincha xastalik boshlangandan 3-4 kun oʻtgach, bemor ahvoli yaxshilana boradi.
Yuqoridagi holatlar kuzatilgan bemorlar, albatta, shifokor qabuliga borishlari shart. Aniq tashxis qoʻyish uchun epidemiologik anamnez, PZR-test va boshqa tibbiy tahlillar natijalari talab etiladi. Shunga koʻra, mutaxassis tomonidan tegishli muolajalar buyuriladi.
Eng samarali profilaktik chora sifatida esa koronavirusga qarshi oʻz vaqtida, toʻliq bosqichda va buster dozada emlanishni tavsiya etamiz", - deydi Hilola Alimova.



