So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
“Dok-1 Maks”dan vafot etgan bolalarning oilasiga kompensatsiya toʻlab berilishi mumkin
Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari dori vositasidan vafot etgan bolalarning oilasiga kompensatsiya toʻlanishi mumkinligini aytdi, biroq...

“Dok-1 Maks” qabul qilganidan keyin farzandlari vafot etgan oilalarga kompensatsiya pullari toʻlab berilishi mumkin. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Elmira Bositxonova maʼlum qildi.
Bositxonovaning aytishicha, toksikologik zaharlanish kuzatilgan bolalarning aynan “Dok-1 Maks” qabul qilib, vafot etgani tekshiruvlarda isbotlansagina kompensatsiya pullari toʻlab beriladi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Hindiston hukumati tomonidan Oʻzbekistonda 20 nafar bolalar oʻlimiga sabab boʻlgan “Dok-1 Maks” dori vositasining ishlab chiqaruvchisi — “Marion Biotech” kompaniyasining litsenziyasi toʻxtatilgan. Jumladan, “Dok-1 Maks” dori vositasini mamlakatga olib kirgan “QURAMAX MEDIKAL” MCHJning ham litsenziyasi bekor boʻldi.
Qayd etish joiz,“Oʻzfarm” agentligi tomonidan partiyada etilen glikol borligi, bu tibbiy qoidalarda koʻrsatilgan meʼyordan 300 baravar yuqori ekanligi haqida maʼlum qilingan.
Shuningdek, “Quramax medical” MCHJ, “Dori vositalarini standartlashtirish ilmiy markazi” MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan JKning 186 moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.




Izohlar 1
