So`ngi yangiliklar
AQSHda Charli Kirk suiqasdida gumonlanuvchining surati e’lon qilindi
O‘zbekistonda 27 ming gektardan ziyod maydon dala yong‘inlarida zarar ko‘rdi
Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Qosimov Surxondaryoni eplayaptimi? Hokim yigʻilishida bir qancha rahbar jazolandi, Termiz “zam hokimi” lavozimdan boʻshatilgan
Surxondaryo hokimi Ulugʻbek Qosimov viloyatda AYOQSHlarda benzin sotuvini toʻgʻri tashkil qilmaganligi, nazorat oʻrnatmaganligi uchun viloyat Departament, Soliq boshqarmasi boshligʻi va viloyat Neft-gaz inspeksiyasi rahbari rasman ogohlantirdi. Termiz neft-baza rahbariga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi tayinlandi.

Maʼlum qilinishicha, 18-yanvar kuni Qosimov rahbarligida viloyat shtabining navbatdagi muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtgan. Yigʻilishda hozirgi kunda koʻplab eʼtirozlarga sabab boʻlayotgan, avtomobillarga yoqilgʻi quyish shaxobchalarida yuzaga kelgan uzun navbatlar, yoqilgʻi ehtiyojdan kelib chiqib yetkazib berilamayotganligi va bu borada masʼullarning faoliyati tahlil qilingan.
AYOQSHlarda benzin sotuvini toʻgʻri tashkil qilmaganligi, nazorat oʻrnatmaganligi uchun viloyat Departament, Soliq boshqarmasi boshligʻi va viloyat Neft-gaz inspeksiyasi rahbari rasman ogohlantirilib, Termiz neft-baza rahbariga “hayfsan” intizomiy jazo chorasi tayinlangan.
Masʼullarga viloyatdagi barcha AYOQSHlarda benzin sotilishini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish, har bir hududga toʻgʻri taqsimlash, navbatlarning oldini olish boʻyicha vazifasi yuklatilgan.
Shuningdek, Qiziriq tumanida oʻtkazilgan oʻrganishlarda markaziy dehqon bozorida arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari savdo yarmarkasini toʻgʻri yoʻlga qoʻymaganligi uchun tuman hokimining birinchi oʻrinbosari faoliyatini oʻrganib, lavozimiga loyiqlik masalasini koʻrib chiqish, tuman Departamenti boshligʻiga chora koʻrish boʻyicha topshiriqlar berilgan. Topshiriqlar boʻyicha 19-yanvar kuni oʻtkaziladigan shtab yigʻilishiga maʼlumot kiritiladi.
Hokim shuningdek, hudud rahbarlariga arzonlashtirilgan oziq-ovqat mahsulotlari yarmarkalarida har bir kilogram kartoshka 3 500 soʻm, goʻsht 60 000 soʻm, piyoz 4 500 soʻmdan sotilishini taʼminlash, kichik tumanlar kuniga 5 tonna, katta shahar va tumanlar 10 tonnagacha mahsulotlarni savdo yarmarkalariga chiqarish boʻyicha topshiriq bergan.
Termiz tumanida obodonlashtirish, yoʻl boʻylarini tozalash, shuningdek qishloq xoʻjaligida belgilangan vazifalarning ijrosi qoniqarsiz tashkil qilinganligi uchun Termiz tumani hokimiga rasman ogohlantirish berilib, tuman hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimidan ozod etilgan.
Qoʻshimchasiga, Termiz shahrida olib borilayotgan keng koʻlamli obodonlashtirish va chiqindilardan tozalash ishlarini bir kun muddatda yakuniga yetkazish boʻyicha shahar rahbarlariga topshiriq berilgan.
“Shuningdek, muhokama yigʻilishida viloyatda ijtimoiy sohadagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha berilgan topshiriqlar ijrosi ham tahlil qilindi. Berilgan har bir topshiriq ijrosi qatʼiy nazorat ostida ekanligi, topshiriqlarni bajarmagan masʼullarga nisbatan qatʼiy choralar koʻrilishi haqida ogohlantirildi”, deyiladi Surxondaryo viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabarida.



