So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Ukraina Ichki ishlar vaziri halok boʻldi. Zelenskiy aviahalokat sabablarini oʻrganishni buyurdi
Vertolyot qulashi natijasida 25 kishi, jumladan, 10 nafar bola jarohatlangan va uch nafar bola vafot etgan.
Bugun, 18-yanvar kuni Kiyev viloyatining Brovari shahrida dahshatli fojia yuz berdi. Davlat Favqulodda vaziyatlar xizmati vertolyoti halokatga uchradi, halokat joyida yongʻin chiqqan. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, aviahalokat natijasida 15 kishi halok boʻldi, “hozirda fojia qurbonlarining aniq soni aniqlanmoqda”, — deya qoʻshimcha qilgan u.

Halok boʻlganlar orasida Ukraina ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiy, uning birinchi oʻrinbosari Yevgeniy Yenin, Ichki ishlar vazirligi shtat kotibi Yuriy Lubkovich, ularning yordamchilari, vertolyot ekipaji boʻlgan.
Vertolyot bolalar bogʻchalaridan birining hududiga qulagan. Vertolyot qulashi natijasida 25 kishi, jumladan, 10 nafar bola jarohatlangan va uch nafar bola vafot etgan.
Zelenskiy Ukraina Xavfsizlik xizmatiga Ukraina Milliy politsiyasi va boshqa vakolatli organlar bilan hamkorlikda sodir boʻlgan voqeaning barcha holatlarini aniqlashni topshirdi.
“Marhumning barcha qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik bildiraman! Denis, Yevgeniy, Yuriy, Ichki ishlar vazirligi jamoasi... Ukrainaning haqiqiy vatanparvarlari”, — deb yozdi Zelenskiy.