So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Imom-xatib va Oʻzbekiston xalq artisti vafot etdi
Butun umri davomida el-yurtga xizmat qilib, ularni diniy va madaniy rivojlanishiga oʻz hissasini qoʻshgan shaxslar olamdan oʻtdi.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi jamoasi Fargʻona viloyati Toshloq tumani “Qodir hoji” jome masjidi imom-xatibi Qobiljon domla Dadaxojayevning vafot etdi. Bu haqda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi xabar bermoqda.
“Oʻzbekiston musulmonlari idorasi jamoasi marhum imom-domlaning yaqinlari va safdoshlariga chuqur taʼziya bildiradi. Alloh taolo marhum din xizmatchisining barcha solih amallarini oʻzlariga hamroh aylab, Oʻz magʻfiratiga olsin.
Haq taolo marhum imom-domlaning yaqinlari, farzandu arjumandlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlariga ajru mukofotlar ato etsin”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, bugun, Oʻzbekiston xalq artisti, sirk ustasi Xakim Zaripov 99 yoshida vafot etdi. U 1924-yil 17-sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. 1947-yilda Oʻzbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan. Oʻz mehnat faoliyatini 1942-yilda “Oʻzbek davlat sirki” respublika birlashmasida chavandoz sifatida boshlagan.
Xakim Zaripov umri davomida sirk manejida “yashadi” va 1946-1997-yillarda sirk sanʼatining ustasi, iqtidorli chavandozi, hayvon oʻrgatuvchisi, masxaraboz, kino aktyori, kaskadyor sifatida jahon sirki tarixidan munosib oʻrin egallagan.