So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“UzAuto Motors” shartnomalar boʻyicha avtomobillar yetkazib berishni boshlaydi
Kompaniya 2023-yildan boshlab QQS stavkasining 15 foizdan 12 foizgacha pasaygani munosabati bilan xaridorlarga avtomobil narxi pasayishini maʼlum qildi.
“UzAuto Motors” kompaniyasi 17-yanvar sanasidan boshlab avval tuzilgan shartnomalar boʻyicha avtomobillarni yetkazib berishni qayta tiklaydi.
Bundan tashqari kompaniya 2023-yildan boshlab QQS stavkasining 15 foizdan 12 foizgacha pasaygani munosabati bilan xaridorlarga avtomobil narxi pasayishini maʼlum qildi.
Avtomobil narxining pasayishi bugungi kunga qadar jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuzilgan hamda shartnoma shartlariga muvofiq toʻlovni amalga oshirgan amaldagi shartnomalarga nisbatan qoʻllaniladi.
“Hurmatli xaridorlar, shartnomangiz boʻyicha avtomobil narxining qanchaga pasayganligi haqida maʼlumot olish uchun oʻz dilerlik markazingizga murojaat qilishingizni soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.
Eslatib oʻtamiz, “UzAuto Motors” kompaniyasi SAP hisob dasturiy taʼminotini amalga oshirishi va mahsulotlarni inventarizatsiya qilishi munosabati bilan barcha avtomobillarni topshirish va toʻlovlarni qabul qilishni toʻxtatgan edi.