So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda harbiy dala oshxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi (roʻyxat)
Harbiy dala oshxonasida fuqarolar vaqtni mazmunli oʻtkazishlari uchun kitoblar, koʻngilochar vositalar, shaxmat-shashka oʻyinlari ham tashkil etilgan.
Havo haroratining keskin tushib ketishi munosabati bilan Mudofaa vazirligi tomonidan Toshkent shahri hududlarida harbiy dala oshxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, poytaxt va tuman hokimliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan harbiy dala oshxonasida fuqarolarga issiq choy va yeguliklar tarqatilmoqda.

Shuningdek, ular vaqtni mazmunli oʻtkazishlari uchun kitoblar, koʻngilochar vositalar, shaxmat-shashka oʻyinlari ham tashkil etilgan.

Harbiy dala oshxonalari tashkil etilgan hududlar roʻyxati:
Mirzo Ulugʻbek tumani — “Alisherobod” va “Olimlar mehallasi” (90-074-63-66, 91-773-02-42);
Mirobod tumani — “Birodarlik” va “Parvona” mahallalari (88-548-19-74, 97-293-80-30);
Yakkasaroy tumani — “Bobur” va “Boshliq” mahallalari (99-817-79-56, 99-837-79-56);
Olmazor tumani — “Quyosh” va “Shodiyona” mahallalari
(97-759-91-77, 97-749-92-46);
Yangihayot tumani — “Navqiron” mahallasi (77-019-22-19);
Uchtepa tumani — “Koʻhna choʻponota” va “Vatan” mahallalari
(00-244-42-29, 88-244-42-29);
Chilonzor tumani — “Sharaf” mahallasi (97-484-92-73);
Yashnobod tumani — “Jarboshi” va “Shironobol” mahallalari
(99-494-95-14, 97-034-00-52);
Yunusobod tumani — “Otchopar I” va “Posira” mahallalari
(97-463-08-75);
Shayxontohur tumani — “Yangi Beltepa” mahallasi (97-345-09-82);
Sergeli tumani — “Xonobod” va “Sadoqat” mahallari
(99-052-66-83, 99-324-73-06).