So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Davlat xizmatlari markazi resurslari fuqarolarga yordam rejimiga oʻtkazildi
Oʻzbekistonda Davlat xizmatlari markazlarining barcha resurslari fuqarolarga yordam rejimiga oʻtkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Maʼlumki, soʻnggi kunlarda Oʻzbekistonda kuzatilayotgan anomal sovuq va uning oqibatlarini yengillatish uchun Respublikamizdagi barcha davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarning ogʻirini imkon qadar yengillatish maqsadida qator qulayliklar joriy etildi.

Birinchi, fuqarolar biron ish bilan DXM yaqinida tashqarida turib qolsalar – hatto DXMlarda ishi boʻlmasa ham – ichkariga kirib isinib olishlari mumkin: ularga bir piyola issiq choy, shinam kutish zallari hozir.

Ikkinchi, barcha DXM larga tashrif buyurayotgan (Toshkent shahri mustasno) pensioner, nogiron, yosh bolali fuqarolarni xizmat avtomashinasi Damaslarda zarur hollarda avtobuslar bekati, shahar yoki tuman markazi, uyiga qadar yetkazib qoʻyish toʻgʻrisida rahbariyat tomonidan topshiriq berildi.
Uchinchi, barcha DXMlar energiyatejamkor rejimda ishlamoqda: kunduz kuni chiroqlar yoqilmaydi, faqat kompyuter va fuqarolarga maʼlumot beruvchi tablolar ishlaydi.

Shuningdek, davlat xizmatlarini koʻchaga chiqmay, uydan turib olish imkoniyatlari ham yana bir bor eslatiladi,
my.gov.uz, license.gov.uz hamda new.birdarcha.uz portallari orqali uydan chiqmagan holda elektron davlat xizmatlaridan foydalaning.
Masalan, my.gov.uz orqali:
– sanatoriylarda davolanish yoʻllanmasini olish;
– masofadan turib bolani bogʻchaga navbatga qoʻyish va navbatni tekshirish;
– nikohdan oʻtishga onlayn ariza topshirish mumkin.
“Litsenziya” axborot tizimi orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlari uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar izlash imkoniyatlari mavjud.
Biznesni new.birdarcha.uz orqali uydan chiqmagan holda oson va tez boshlash imkoni yaratilgan.