So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentdagi gaz va svet muammolarini bartaraf etish uchun bir hafta vaqt kerak
Toshkent shahar hokimligida Prezidentning jiddiy tanqididan kelib chiqib, vazifalar belgilab olindi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, 16-yanvar kuni Toshkent shahar hokimligida shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Rahmonov boshchiligida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtgan.
Shahar hokimi oʻrinbosarlari, shahar va tuman sektorlari rahbarlari, bosh boshqarma va boshqarma boshliqlari, tashkilotlar masʼullari ishtirok etgan majlisda joriy yilning 16-yanvar kuni Prezident huzurida energiya resurslari taʼminoti yuzasidan oʻtkazilgan yigʻilishda Toshkent shahar hokimligi rahbarlariga bildirilgan jiddiy tanqid va eʼtirozlardan kelib chiqib, vazifalar belgilab olingan.

Prezident tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklar, avvalo, bugungi kunda dolzarb boʻlgan elektr energiyasi va gaz taʼminotidagi uzilishlarni bartaraf etishga asosiy eʼtibor qaratilgan.
Bir hafta mobaynida barcha tumanlardagi mahallalarda aholining tabiiy gaz va elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojini qondirish, sodir boʻlayotgan uzilishlarni qisqa vaqt ichida bartaraf etish vazifalari belgilab olingan.

“Buning uchun mutasaddilarga ishga jiddiy kirishish, bor imkoniyatlardan oqilona foydalanish, qoʻshimcha kuchlarni jalb etish topshirigʻi berilgan”, deyiladi hokimlik xabarida.
Eslatib oʻtamiz, Toshkentni 5 yil boshqargan hokim Jahongir Ortiqxoʻjayevni bugun prezident ishdan oldi. Davlat rahbari Ortiqxoʻjayev haqida shunday degan:
“Quruq gap, yolgʻon svodka bilan pastga tushmagani uchun, noinsof oyogʻi yerdan uzilgani sabab ishdan boʻshatdim, degan Prezident.
Maʼlumot oʻrnida, Ortiqxoʻjayev oʻrniga Toshkent shahar hokimining birinchi oʻrinbosari Baxtiyor Rahmonov Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi, Bosh prokuror oʻrinbosari Erkin Yoʻldoshev shahar prokurori etib tayinlandi.