So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Piskent tumaniga yangi hokim tayinlandi
Toshkent viloyatining Piskent tumaniga yangi hokim tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Nodirbek Yakubov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.
Maʼlumot oʻrnida, Nodirbek Yakubov 1975-yili Olmaliq shahrida tugʻilgan. Mutaxassisligi - huquqshunos. U 2001-yili Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston milliy universitetini bitirgan. Oilali, uch nafar farzandi bor.
Nodirbek Yakubov mehnat faoliyatini “Oʻzelektrkimyosanoat” ishlab chiqarish birlashmasida ishchi vazifasida boshlagan. U oʻz faoliyati davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasida ishlagan.
Mazkur vazifaga tayinlangunga qadar Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.