So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Xatirchida mutasaddilar tibbiyot muassasalaridagi isitish tizimini koʻzdan kechirdi
Qish faslining ayni sovuq kunlarida ijtimoiy soha obyektlarini isitish tizimlari uzluksiz faoliyat olib borishini taʼminlash muhim vazifalardan biri hisoblanadi, deyiladi Xatirchi hokimligi axborotida.
Taʼkidlanishicha, tuman DXX boʻlinmasi boshligʻi X.Mamatov, tuman IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari O.Roʻzimurodov sektor hududidagi ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, Oilaviy shifokorlik punktlaridagi isitish tizimlari faoliyatini koʻzdan kechirgan.
“Mutasaddilar tomonidan tegishli masʼullarga anomal sovuq kunlari aholiga qulaylik yaratish, isitish tizimini doimiy nazorat qilish boʻyicha tavsiya va koʻrsatmalar berildi”, deyiladi Xatirchi tumani hokimligi axborot xizmati xabarida.





