So`ngi yangiliklar
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Ortiqxoʻjayevning oxirgi byudjeti. Daromadlar...
Oʻtgan haftada shahar kengashi Toshkent byudjetining 2022-yil 9 oylik yakunlarini sarhisob qilgan.

Demak, Davlat byudjetining Toshkent shahri boʻyicha daromadlari 21,3 trln.soʻmni tashkil etgan. Prognoz 2,3 trln.soʻmga oshirib bajarilgan.
Respublika byudjetidan Toshkent shahar mahalliy byudjetiga 2,2 trln.soʻm oʻtkazib berilgan. Amalda qonun boʻyicha transfert olmaydigan poytaxt byudjeti Respublika byudjetidan eng koʻp mablagʻ oladigan hududga aylangan. Bu qanday amalga oshgan?
Yangi davrda barcha soliqlar boʻyicha prognozning oshirib bajarilgan qismi viloyatlar mahalliy byudjetiga qaytariladigan boʻldi. Mazkur qoida amalda prognozni imkon qadar kamroq tasdiqlatib olishga ragʻbatlarni yaratdi.
Yaʼni hokim byudjetda soliqlar boʻyicha qancha kamroq prognoz olsa, shuncha koʻp qoʻliga byudjet puli tushadigan va bu pullarni hisobsiz va nazoratsiz ishlatish mumkin boʻlgan manipulyatsion mexanizm ishlab keldi.
Mana qarang. Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi boʻyicha prognoz 156%ga bajarilgan. Bu eng oson prognozlanadigan soliq. Tabiiyki, kam prognoz hisobiga 158,2 mlrd.soʻm hokim ixtiyorida qolgan. Respublika soliqlari boʻyicha aytmay qoʻya qolay.
Toshkent shahrining mahalliy byudjetlar boʻyicha daromadlari 5 trln.soʻmdan oshgan, bu prognozga nisbatan 706 mlrd.soʻmga koʻp degani. Mahalliy soliqlar boʻyicha eng koʻp oshiqcha bajarilish yuridik shaxslardan mol-mulk soligʻi boʻlgan (+178,7 mlrd.soʻm). Tarkibi ochilmagan boshqa tushumlar 239,6 mlrd.soʻmga oshirib bajarilgan.
Otabek Bakirov




Izohlar 12

Толиб Собиров
2023-Jan-16 18:35
Миралишер
2023-Jan-16 22:55
scromniy uzb
2023-Jan-17 00:54
КАРЖАНОВА ЗУЛЬФИЯ
2023-Jan-17 01:22
Ismatova Maftuna
2023-Jan-17 02:10
Д. Каримов
2023-Jan-17 05:44
Бахриддин Жалилов
2023-Jan-17 06:45
Amanova Raygul
2023-Jan-17 09:53
Ergashev ilhom
2023-Jan-17 23:42
Мухамедов и у
2023-Jan-18 00:50
Бобур.
2023-Feb-14 09:28