So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekiston SSRning Islom Karimovdan avvalgi rahbari Rafiq Nishonov vafot etdi
Oʻzbekiston SSRning Islom Karimovdan avvalgi rahbari Rafiq Nishonov 97 yoshida vafot etdi.
Sobiq Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi markaziy qoʻmitasining birinchi kotibi Rafiq Nishonov 97 yoshida hayotdan koʻz yumdi.
Rafiq Nishonov – Oʻzbekiston SSR arbobi, diplomat. 1926-yil 15-yanvarda Boʻstonliq tumani Gʻazalkent shaharchasida tugʻilgan.
Nishonov 1970-yilda SSSRning Shri-Lanka va Maldivdagi, 1978-yilda esa Iordaniyadagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan. 1985-1986-yillarda Oʻzbekiston SSR tashqi ishlar vaziri sifatida faoliyat yuritgan. 1986-1988-yillarda Oʻzbekiston SSR Oliy soveti prezidiumi raisi boʻlgan, 1988-1989-yillarda kommunistik partiyaga rahbarlik qilgan.
Siyosiy arbob 1989-yildan buyon Moskvada yashab kelayotgandi. U 1989-1991-yillarda SSSR xalq deputati va SSSR Oliy sovetining Millatlar kengashi raisi boʻlgan. 1991-yil sentyabrda SSSR prezidenti Mixail Gorbachyovga maslahatchi lavozimini egallagan; oradan ikki oy oʻtib, suverenitetlar paradi fonida, pensiyaga chiqqan.
2021-yil 15-yanvarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rafiq Nishonovni Aleksandr Nevskiy ordeni bilan taqdirlagan.