So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
“Elektr energiyasini asrab, boshqalarning chirogʻi yonishiga sababchi boʻlaylik” – “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Toshkent filiali fuqarolarga iltimos bilan chiqdi
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJning Toshkent filiali isteʼmolchilarga murojaat qilib, aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida tunu-kun tegishli choralar koʻrilayotganini maʼlum qildi.
Filial shuningdek, isteʼmolchilardan vaziyatni toʻgʻri tushungan holda energiya resurslardan imkon qadar samarali foydalanishlarini, nostandart, energiya samarasiz qurilmalardan foydalanmasliklarini iltimos qildi.
Oʻzbekiston boʻylab anomal sovuq ob-havo tufayli xonadonlarga berilayotgan gaz bosimi hamda issiqlik energiyasi haroratining tushib ketganligi sababli asosiy yuklama elektr taʼminotiga tushishi oqibatida elektr yetkazib berish va taʼminotda uzilishlar kuzatilmoqda. Buning natijasida, Toshkent shahrining koʻplab tumanlaridagi elektr tarmoqlarida nosozliklar yuzaga kelib, taʼminotda favqulotda uzilishlar sodir boʻlyapti.
Shu munosabat bilan aholi va ijtimoiy soha obyektlarini energiya resurslari bilan barqaror taʼminlash maqsadida tunu-kun filialimiz tomonidan tegishli choralar koʻrilmoqda.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali tomonidan joylarda yuzaga kelayotgan nosozliklarni oldini olish hamda favqulodda avariyali uzilishlarni tezlik bilan oʻz vaqtida bartaraf etish maqsadida, kuchaytirilgan navbatchilik shtabi tashkil etilgan.
Anomal sovuq kunlar davrida elektr energiyasini uzluksiz yetkazib tugʻruqxonalar, shifoxonalar, muruvvat va mehribonlik uylarining elektr taʼminotini berish, tizimda avariyali uzilishlarni tezkor bartaraf etish, ijtimoiy soha obyektlarini alohida nazoratga olish hamda favqulotda holatga barcha elektr qurilmalarini shay holatga keltirish maqsadida, tashkil etilgan tezkor chiqish brigadalariga qoʻshimcha mutaxassislar jalb etilgan.
Isteʼmolchilarni elektr energiyasi bilan taʼminlashda asosiy oʻringa ega boʻlgan podstansiyalarga, yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlariga, tuman elektr taʼminoti korxonalaridagi navbatchilik boʻlimlariga qoʻshimcha malakali mutaxassislar jalb etilib, yetkazib berilayotgan elektr energiyasi tunu-kun nazorat qilib borilmoqda.
Xususan, bugun kun davomida 100dan ortiq elektr qurilmalarida yuzaga kelgan nosozliklar bartaraf etildi. Nosozliklarni bartaraf etish uchun barcha korxonalarda 24 soat faoliyat yurituvchi maxsus brigadalar tashkil etilgan boʻlib, ular zarur transport vositalari, qoʻshimcha elektr qurilmalari zaxiralari bilan taʼminlangan.
Bundan tashqari tarmoqlarda yuklamani kamaytirish hamda energiya resurslarini birinchi navbatda aholi va tibbiyot muassasalariga yetkazib berish uchun yirik sanoat korxonalariga gaz va elektr energiyasi yetkazib berish hajmi keskin kamaytirildi.
Bundan tashqari barcha hududlardagi koʻcha yoritish chiroqlarining bir qismi oʻchirilib, undan tejalgan elektr energiyasi aholiga yoʻnaltirilmoqda.
Shu oʻrinda isteʼmolchilardan vaziyatni toʻgʻri tushungan holda energiya resurslardan imkon qadar samarali foydalanishlarini, nostandart, energiya samarasiz qurilmalardan foydalanmasliklarini iltimos qilamiz. Iqtisod qilingan elektr energiyasi boshqa xonadonlarning chirogʻi yonishiga sabab boʻladi.
Shuningdek ayni kunlarda Toshkent shahrida vujudga kelgan avariyaviy hodislarni tezkor bartaraf etish maqsadida bugun “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning respublika boʻylab barcha hududiy filiallaridan qoʻshimcha kuchlar safarbar etilgan.