So`ngi yangiliklar
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Buxorocha "davleniya": Sudning mustaqilligi qayerda qoldi?
Ҳафта бошида баъзи жойларда чанг-тўзонлар кузатилади
Namanganda yuk mashinasi savdo doʻkoniga borib urildi
“Salimboyvachcha” Toshkentda koʻrinish berdi
Oʻzbekistonda tugʻilish kamayib, oʻlim holati koʻpaymoqda
Turkiyada oʻrmon yongʻinlari avj olmoqda
EFFECT.UZ effekti: Boysunda bemorlar sovuq zalda davolanayotgan edi, hokim va prokuror shifoxona sharoitini sezilarli darajada yaxshiladi
Effect.uzʻda Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida bemorlar markaziy shifoxona zalida davolanayotgani toʻgʻrisida tanqidiy videomaterial eʼlon qilingan edi. Shundan soʻng tuman hokimligi holatni nazoratga olib, shifoxona zali (triaj) dagi sharoitlarni yaxshilab bergan.

Tuman hokimligining qayd etishicha, qabul boʻlimi toʻliq tamirlanishi hamda qoʻshimcha isitish (konditsioner) oʻrnatilishi mebel jihozlari umuman qabul boʻlimining sharoitlari toʻliq tiklanib, ishlashga shay holatga keltirib berilgan.
Tuman hokimi Asqarali Joʻrayev, tuman prokurori M.Hayitov boʻlimda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, masʼullarga tavsiya va koʻrsatmalar bergan.
Maʼlum qilinishicha, endilikda ushbu “Birlamchi qabul posti” da bemorning umumiy holati boʻyicha imkon darajasida qisqa vaqt ichida kerakli Diagnostik tekshiruvlardan oʻtkazilib, birinchi yordam koʻrsatiladi va kasallikning ogʻirlik darajasi boʻyicha ixtisoslashtrilgan kardiologiya, yuqumli kasalliklar, umumiy terapiya, rejali xirurgiya, bolalar boʻlimlariga qayta taqsimlanib oʻtkaziladi.
“Ushbu yangicha shoshilinch qabul boʻlimi (triaj) kasallikni ogʻirlik darajasi boʻyicha taqsimlash boʻlimi sharoitini toʻgʻirlash va isitish maqsadida qurilish ishlari tuman prokurori M.Hayitov nazorati ostida olib borilmoqda”, deyiladi hokimlik xabarida.



