So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Oʻzbekistonda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi” – SSV
Yangi oʻquv yilidan oʻz faoliyatini boshlaydigan akademiyada hamshiralarni tayyorlash 4 yillik oʻquv dasturi asosida amalga oshiriladi.
Prezidentning topshirigʻiga koʻra, oʻrta tibbiyot xodimlarini tayyorlash, ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida Turkiyaning Sogʻlik bilimlari universiteti bilan hamkorlikda Toshkentda Hamshiralar akademiyasi tashkil etiladi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, Sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Turkiyaning Sogʻlik bilimlari universiteti rektori Javdat Erdol bilan oʻtgan muloqot chogʻida kelishuvga erishdi.
Yangi oʻquv yilidan oʻz faoliyatini boshlaydigan akademiyada hamshiralarni tayyorlash 4 yillik oʻquv dasturi asosida Sogʻlik bilimlari universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan xalqaro taʼlim standartlari asosida amalga oshiriladi. Unga koʻra, taʼlimning ikki yili Oʻzbekistonda va ikki yili Turkiyada olib boriladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi va Turkiya Sogʻlik bilimlari universiteti rahbariyati oʻrtasidagi muloqotda Oʻzbekiston tibbiyot tizimi uchun rahbar kadrlarni tayyorlash maqsadida bakalavriat bosqichida “Tibbiyot menejmenti” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 4 yillik qoʻshma dastur yoʻlga qoʻyiladi. Bu loyihada ham talabalar ikki yil Turkiyada tahsil oladi.