So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qashqadaryodagi 2 mingdan ziyod koʻp qavatli uylar kadastrning elektron axborot tizimiga kiritilmoqda
“Kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimi” (UZKAD) koʻchmas mulkka oid yagona axborot bazasi hisoblanadi.
Qashqadaryodagi 2 mingdan ziyod koʻp qavatli uylar kadastrning elektron axborot tizimiga kiritilmoqda Oʻzbekistonda koʻchmas mulk obyektlarini xatlovdan oʻtkazish va yerdan foydalanuvchilar chegaralarini aniqlash hamda ularga oid maʼlumotlarni tegishliligi boʻyicha “UzKAD” axborot tizimiga kiritish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Qashqadaryoda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi va uning hududiy fililallari tomonidan bugungi kunga kelib, 2199 ta koʻp qavatli uylar hisobga olindi va “UzKAD” axborot tizimiga kiritildi.
Amalga oshirilgan ishlar tuman(shahar) lar kesimida tahlil qilinganida;
Qarshi shahridan 842 ta
Chiroqchi tumanidan 60 ta
Dehqonobod tumani 12 ta
Gʻuzor tumani 70 ta
Kasbi tumani 76 ta
Kitob tumani 100 ta
Koson tumani 86 ta
Muborak tumani 137 ta
Yakkabogʻ tumani 87 ta
Mirishkor tumani 52 ta
Nishon tumani 218 ta
Qamashi tumani 50 ta
Qarshi tumani 121ta
Shahrisabz tumani 64 ta
Shahrisabz shahridagi 224 ta koʻp qavatli uylarga oid maʼlumotlar “UzKAD” axborot tizimiga kiritilgan.
Ma'lumot o'rnida, “Kadastr va koʻchmas mulklarni roʻyxatdan oʻtkazish integratsion axborot tizimi” (UZKAD) koʻchmas mulkka oid yagona axborot bazasi hisoblanadi. Bunda tizimdagi maʼlumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligi davlat tomonidan kafolatlanadi.