Sönggi paytlarda ayrim internet naşrlari va ijtimoiy tarmoqlarda Navoiy innovatsiyalar universiteti faoliyatiga oid anonim murojaatlarga asoslangan tanqidiy materiallar eʼlon qilinmoqda.
Mazkur materiallarda kötarilgan masalalar yuzasidan munosabat bildiriş bilan birga, universitetning jamiyat hayotidagi örni, bugungi kunga qadar erişgan natijalari hamda amalga oşirilayotgan işlari haqida maʼlumot berişni muhim deb hisoblaymiz.
Navoiy innovatsiyalar universiteti mamlakatida nodavlat oliy taʼlimni rivojlantiriş va taʼlim qamrovini kengaytiriş borasida yaratilgan imkoniyatlar asosida 2023-yilda faoliyatini boşlagan. Bugungi kunda universitetda 10 ming nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda.
Universitetning taşkil etilişi Navoiy viloyati va unga yaqin hududlardagi yoşlarga öz yaşaş joyidan uzoqlaşmasdan oliy taʼlim oliş uçun qöşimça imkoniyat yaratdi. Bu esa oilalarning farzandlarini boşqa viloyatlar yoki xorijga öqişga yuboriş bilan boğliq xarajatlarini kamaytirişga ham xizmat qilmoqda.

Şu bilan birga, universitet sifatli taʼlimni taʼminlaşda zamonaviy öquv binolari, xavfsiz va qulay taʼlim muhiti, mustahkam moddiy-texnik baza hamda malakali professor-öqituvçilar salohiyati birdek muhim ekanini yaxşi anglaydi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev ham yaqinda Taʼlim va ilm-fan vazirligini taşkil etiş munosabati bilan taʼlim sifatini oşiriş, sohada yangiça yondaşuvlarni qöllaş, bozor talablariga mos taʼlimni, raqobatni hamda xususiy sektor iştirokini rivojlantiriş vazifalarini belgilab berdilar.
Bu vazifalar nodavlat oliy taʼlim muassasalari zimmasiga ham katta masʼuliyat yuklaydi. Zero, taʼlim qamrovini kengaytiriş bilan birga, uning sifatini oşiriş va mehnat bozori talablariga javob beradigan mutaxassislar tayyorlaş ham muhimdir.
Albatta, qisqa muddatda faoliyat kölamini kengaytirib borayotgan har qanday muassasada muayyan taşkiliy va amaliy masalalar yuzaga kelişi mumkin. Muhimi, ularni eʼtiborsiz qoldirmasdan, öz vaqtida bartaraf etiş va takrorlanişiga yöl qöymaslikdir.
Ilmiy faoliyat va erişilgan natijalar
Universitetda taʼlim jarayoni bilan bir qatorda ilmiy tadqiqotlar, innovatsion loyihalar va iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş işlariga ham eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, maktabgaça taʼlim yönalişi talabasi Dilnoza Şodiyeva Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyasi sovrindori böldi.
Universitetda sunʼiy intellekt, raqamli texnologiyalar, yaşil iqtisodiyot, filologiya va taʼlim sohalarida respublika hamda xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlar taşkil etilmoqda.

Şuningdek, professor-öqituvçilar va tadqiqotçilar tomonidan Scopus va Web of Science xalqaro maʼlumotlar bazalarida indekslangan jurnallarda 10 ta, respublika jurnallarida 114 ta ilmiy maqola çop etilgan, 1 ta ilmiy grant qölga kiritilgan, 3 ta patent rasmiylaştirilgan hamda 7 ta ilmiy işlanma amaliyotga joriy etilgan.
Xalqaro va mahalliy hamkorlik
Universitet Hindistonning MIT World Peace University oliy taʼlim muassasasi bilan sunʼiy intellekt va axborot texnologiyalari sohasida hamkorlik yönalişlarini belgilagan.
Şuningdek, universitet vakillari Buyuk Britaniyadagi BETT UK–2026 xalqaro taʼlim texnologiyalari körgazmasida iştirok etib, qöşma taʼlim dasturlari, akademik almaşinuv va zamonaviy laboratoriyalar taşkil etiş imkoniyatlarini örgangan.

Özbekiston milliy pedagogika universiteti, Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti hamda Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazining Navoiy filiali bilan taʼlim, ilmiy tadqiqot va talabalarning amaliy könikmalarini rivojlantirişga qaratilgan hamkorlik kelişuvlariga erişilgan.
Bitiruvçilar bandligi va talabalarni qöllab-quvvatlaş
Universitet uçun bitiruvçilarning mehnat bozorida öz örnini topişi taʼlim samaradorligining muhim körsatkiçlaridan biridir.
2024–2025-yillarda 1049; 2025-2026-yillarda 1224 nafar talaba universitetni tamomlagan bölib, ularning 2025-yilda 1002 tasi (95,5%), 2026-yilda 1121 tasi (91,6%) mehnat faoliyatini boşlagan yoki öz mutaxassisligi böyiça işga joylaşgan.

Şuningdek, iqtidorli va ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga muhtoj yoşlar uçun 173 nafar talabaga taʼlim granti, 334 nafarga stipendiyalar taqdim etilgan. Uşbu maqsadlarga jami 2 710 000 000 söm yönaltirilgan.
Universitet faoliyati hudud iqtisodiyoti va aholi bandligiga ham hissa qöşmoqda. Bugungi kunga qadar muassasada 282 ta iş örni yaratilgan bölib, ularning 282 tasida mahalliy mutaxassislar faoliyat yuritmoqda.
Öquv jarayoni va moddiy-texnik bazani takomillaştiriş
Joriy yilning aprel oyida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan universitet faoliyatida litsenziya talablari va şartlariga rioya etilişi yuzasidan örganiş ötkazilgan. Örganişdan söng universitetda çora-tadbirlar rejasi tasdiqlanib, masʼullar va ijro muddatlari belgilangan.
Aniqlangan kamçiliklar yuzasidan masʼul xodimlarning faoliyati örganilib, ayrimlari bilan mehnat şartnomalari bekor qilindi, boşqalariga nisbatan intizomiy çoralar körildi. Şuningdek, bunday holatlarning takrorlanmasligi uçun içki nazorat kuçaytirildi.
Mazkur reja doirasida öquv rejalari malaka talablari asosida qayta işlab çiqilib, universitet Kengaşi tomonidan tasdiqlandi.
Fan nomlari HEMIS tizimi bilan muvofiqlaştirildi, professor-öqituvçilarning öquv yuklamalari qayta körib çiqildi. Qöşimça öquv binolari va maydonlar jalb qilinib, ulardan foydalaniş böyiça ijara şartnomalari tuzildi. Kompyuter sinflari va laboratoriyalar qayta jihozlandi, maxsus lingafon xonalari taşkil etildi.

Axborot texnologiyalari infratuzilmasini rivojlantiriş maqsadida «SERVERCORE CIS» MÇJ xorijiy korxonasi bilan 553493-son şartnoma tuzildi.
«UNICON.UZ» DUK maʼlumotlar markazi xizmatlaridan foydalaniş yölga qöyildi hamda moodle.niuedu.uz elektron taʼlim platformasi işga tuşirildi.
Amalga oşirilgan işlar va ularni tasdiqlovçi hujjatlar vazirlikka taqdim etilgan. Universitetning asosiy öquv binosi yuzasidan sanitariya-epidemiologiya, yonğin xavfsizligi va quriliş sohasidagi vakolatli taşkilotlarning tegişli xulosalari olingan.

Moddiy-texnik bazani yanada mustahkamlaş, öquv maydonlarini kengaytiriş va taʼlim jarayoni uçun zarur şaroitlarni yaxşilaş işlari davom ettirilmoqda.
Birinçi kurs talabalarini kutib oliş tadbiri haqida
Maqolada joriy yilning 5-oktyabr kuni birinçi kurs talabalarining universitet hududida töplangani yuzasidan ham eʼtirozlar keltirilgan.
Aslida şu kuni universitetning Karmana tumani, Toşkent köçasi, 39-uy manzilidagi asosiy binosi hovlisida birinçi kurs talabalarini kutib olişga bağişlangan «Ilk qadam — ilk öquv kuni» bayram tadbiri taşkil etilgan. Tadbir oldindan rejalaştirilgan bölib, xavfsizlikni taʼminlaş maqsadida tegişli davlat idoralariga rasmiy xatlar yuborilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ayrim tasvirlar aynan mazkur tadbir jarayoniga tegişli. Auditoriya yetişmasligi sababli maşğulotlarni bekor qiliş yoki boşqa kunga köçiriş holatlari kuzatilmagan.
Professor-öqituvçilar va kadrlar siyosati
Bugungi kunda universitetda 203 nafar asosiy ştatdagi professor-öqituvçi faoliyat yuritmoqda. Ularning 74 nafari ilmiy daraja yoki unvonga ega bölib, ilmiy salohiyat körsatkiçi 39 foizni taşkil etadi. Bundan taşqari, 18 nafar professor-öqituvçi örindoşlik asosida jalb qilingan.
Joriy yil may oyida professor-öqituvçilarning öquv yuklamalari qayta körib çiqilib, tegişli hujjatlar rasmiylaştirilgan. Xodimlarning mehnatiga haq tölaş va ularni moddiy rağbatlantiriş belgilangan içki tartiblar asosida amalga oşirilmoqda.

Maqolada rahbariyatning avvalgi mehnat faoliyati va ehtimoliy manfaatlar töqnaşuviga oid taxminlar ham keltirilgan.
Taʼkidlaş joizki, şaxsning avvalgi mehnat faoliyati yoki egallagan lavozimi öz-özidan manfaatlar töqnaşuvi yoxud qonunbuzarlik mavjudligini anglatmaydi. Bu kabi masalalarga huquqiy baho berişda aniq dalillar va xolis yondaşuv muhim.
Universitet mehnat munosabatlarida qonuniylikni taʼminlaş, xodimlar murojaatlarini belgilangan tartibda körib çiqiş va vakolatli organlar bilan hamkorlik qilişga tayyor.
Tanqid va masʼuliyat
Navoiy innovatsiyalar universiteti öz faoliyatining rivojlaniş bosqiçida ekanini va oldida hali muhim vazifalar turganini yaxşi anglaydi.
Bizning maqsadimiz tanqiddan qoçiş emas, undan töğri xulosa çiqarişdir. Kamçiliklarni oqlaş emas, ularni bartaraf etişdir. Eng muhimi, universitetga işonç bildirgan minglab yoşlarning taʼlim olişi va kelajagi uçun masʼuliyatni his qilişdir.

Universitet Prezident taşabbusi bilan yangidan taşkil etilgan Taʼlim va ilm-fan vazirligining nodavlat oliy taʼlimni rivojlantirişga qaratilgan islohotlari, tavsiya va körsatmalariga tayangan holda öz faoliyatini yanada takomillaştirib boradi. Zero, barçamizning muştarak maqsadimiz — yoşlarga sifatli taʼlim beriş va mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qöşadigan malakali kadrlarni tayyorlaşdir.
Şu bilan birga, ommaviy axborot vositalaridan universitet faoliyatiga oid materiallarni tayyorlaşda anonim murojaatlardagi fikrlar bilan bir qatorda, muassasaning rasmiy javoblari va amalga oşirgan işlarini ham inobatga olişlarini söraymiz.
Universitet ommaviy axborot vositalari vakillari bilan oçiq muloqot qiliş, savollarga hujjatlar asosida javob beriş va konstruktiv hamkorlikni davom ettirişga tayyor.
Navoiy innovatsiyalar universiteti matbuot xizmati




