Jamiyat

Terim pulini talab qilgan fermer va klaster binosidagi tortişuv: Kim haq?

Akmal Eshonxonov57 ko'rishlar

Farğona viloyati Uçköprik tumanida fermer bilan paxta klasteri örtasida terim puli masalasida tortişuv yuzaga kelgan. «Sultonobod boği böstoni» fermer xöjaligi rahbari Munojat Umarova Effect.uz tahririyatiga murojaat qildi. Uning aytişiça, «PROF TEKST PLYUS» klasteri terim pullarini öz vaqtida tölab bermayapti.

Fermer bu masalani aniqlaş uçun 26-oktyabr kuni klaster binosiga borgan. Ammo öşa yerda vaziyat keskinlaşgan. Munojat Umarovaning aytişiça, klaster vakillari bilan tortişuv vaqtida unga nisbatan turli gaplar aytilgan. U hatto fermerlarning qadri haqida haqoratomuz sözlar işlatilganini bildirgan.

Lekin voqea sodir bölgan kunga oid kuzatuv kameralari yozuvlari Effect.uz tahririyatiga ham yetib keldi. Kamera tasvirlarida fermerning klaster binosiga tuşlik vaqtida kirgani körinadi. U ayrim xonalarning eşiklarini oçadi. Şundan söng hisobçilar xonasida klaster xodimlari bilan tortişuv yuzaga keladi.

Xöş, klaster tomoni bu voqeaga qanday qaraydi?

Effect.uz muxbiri Xamid Ahmedov voqea tafsilotlarini örganiş maqsadida klasterning masʼul xodimlari bilan suhbatlaşdi. Klaster vakillarining aytişiça, fermer öşa kuni asabiy holda kelgan va xodimlar bilan tortişgan.

Ularning taʼkidlaşiça, terimçilarning pullari masalasida fermerga yordam beriş maqsadida 20 million söm atrofida naqd pul beriş taklifi ham bildirilgan. Biroq bu taklif qabul qilinmagan.

Tortişuvdan keyin Munojat Umarovaning qon bosimi kötarilgani va u biroz vaqt özi bilan kelgan «Damas» avtomaşinasida dam olgani aytilmoqda.

Biz voqeaning yana bir muhim tomonini ham örgandik. Klaster hisobçisi Iqboljon Xatamovning maʼlum qilişiça, yangi mavsumdan terim pullari fermerlar taqdim etadigan sçyot-fakturalar asosida tölanadi.

Yaʼni qaysi fermerning tegişli hujjatlari elektron bazaga birinçi yuklansa, tölov jarayoni ham şu tartibda amalga oşiriladi. Şuningdek, hujjatlarni rasmiylaştiriş jarayoni sababli tölovlarda keçikişlar bölişi ham mumkin.

Eʼtiborli jihati — Munojat Umarova 9-noyabr kuni unga 27 million söm tölanganini maʼlum qildi. Bu voqeadan 15 kun ötib amalga oşirilgan tölov.

Fermerning aytişiça, u Effect.uz tahririyatiga murojaat qilganidan söng tölov jarayoni tezlaşgan. U bu borada tahririyat xodimlariga minnatdorçilik ham bildirdi.

Xöş, bu mojaroda kim haq? Fermerning terim puli böyiça eʼtirozi asoslimi?

Klasterdagi tölov jarayoni haqiqatdan ham hujjatlarni elektron bazaga kiritiş ketma-ketligiga boğliqmi? 26-oktyabr kuni klaster binosida aslida nima bölgan?

Bularning barçasini voqea joyidagi kamera yozuvlari va Effect.uz muxbiri Hamid Ahmedovning suriştiruvi asosida tayyorlangan videolavhada körişingiz mumkin.

Boshlovchi: Şahzoda Rahimova

Muxbir: Hamid Ahmedov

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Terim pulini talab qilgan fermer va klaster binosidagi tortişuv: Kim haq? | Effect.uz