Effect.uz tahririyatiga Özbekistondagi yirik tijorat banklaridan biri — «Kapitalbank» xodimlari tomonidan murojaat kelib tuşdi. Köp yillardan buyon bank tizimida halol va sadoqat bilan mehnat qilib kelayotgan xodimlarning taʼkidlaşiça, bank rahbariyati tomonidan joriy etilgan va qonunçilikda közda tutilmagan ABCD baholaş tizimi aslida xodimlarning maoşini qisqartiriş, ularga maʼnaviy-ruhiy bosim ötkaziş hamda ularni işdan siqib çiqariş quroliga aylangan.
Murojaat qilgan xodimlardan biri — Sergeli filiali boş buxgalteri örinbosari 27 yillik bank stajiga ega Umida Mahmudovna hamda Içki audit departamenti katta auditori II guruh nogironligi bölgan Nigina Ibragimovalarning bildirişiça, bank rahbariyati 2025-yil oktyabr oyidagi rasmiy xabarnomalarida «Bu test IQ-test ham, imtihon ham emas, «D» toifasi esa hukm emas, balki ösiş nuqtasi» deb xodimlarni tinçlantirgan bölsada, amalda vaziyat mutlaqo boşqaça tus olgan.

Xodimlarga «ABCD» testi va öz-özini baholaş 2025-yil 27–29-oktyabr kunlari topşiritilgan bölişiga qaramay, bankning «Xodimlarni baholaş va toifalaş töğrisida»gi yangi Nizomi 2025-yil 4-noyabrda tasdiqlangan hamda qonunçilikka zid ravişda orqaga qaytuvçi kuç bilan qöllanilgan. Ingliz tilidan tarjima qilinganda «Autsayder» qoloq, begona degan maʼnoni anglatuvçi «D» toifasiga tuşirilgan xodimlarning yillar davomida olib kelgan millionlab sömlik individual ustamalari va bonuslari bir kunda bekor qilingan. Vaholanki, Respublika kasaba uyuşmasi bergan rasmiy xulosada Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida «ABCD» degan test umuman mavjud emasligi va bankning uşbu xatti-harakati noqonuniy ekanligi oçiq-oydin taʼkidlangan.

Bankda faoliyat yuritayotgan uşbu ayollar nafaqat moliyaviy, balki oğir maʼnaviy-ruhiy zarbalarga ham duç kelişgan. Bank maslahatçisi O.Lyndina hamda boşqa mutasaddilarning tahdidli va kamsituvçi muomalalaridan söng xodimlarning soğliği keskin yomonlaşib, iş joyining öziga bir neça bor tibbiy tez yordam çaqirilganligi, natijada xodimlarda oğir gipertoniya, yurak yetişmovçiligi va gipertonik kriz kasalliklari orttirib olinganligi ham maʼlum qilindi. Bundan taşqari, II guruh nogironligi bor, umurtqasida oğir operatsiyaga tayyorgarlik körayotgan xodim Nigina Ibragimovaning rasmiy mehnatga layoqatsizlik varaqalari bank rahbariyati tomonidan inkor etilgan.
Eng açinarlisi, bank vakillari xodimlarning yaşaş manzilidagi mahalla fuqarolar yiğinlariga borib, ularning kim bilan yaşaşi, uyiga kimlar kelib-ketişi va axloqiy qiyofasi böyiça suriştiruvlar ötkazişgani aytildi, vaholanki bu ÖzR Konstitutsiyasining 31-moddasi (Şaxsiy hayot daxlsizligi) hamda Mehnat kodeksining 176-moddasini oçiqdan-oçiq toptaşdir.
Adolat izlab Fuqarolik işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumanlararo sudiga murojaat qilgan xodimlar u yerda ham kutilmagan tösiqlarga duç kelişgan. Xodimlarning soğliği oğirlaşib, kasallik varaqasida ekani haqida sud va bank ogohlantirilişiga qaramay, sud majlislari daʼvogarlar hamda ularning advokatlari iştirokisiz şoşilinç ravişda ötkazilgani va daʼvolar rad etilgani bildirildi. Şuningdek, sudda davlatning rasmiy my.gov.uz portali orqali berilgan elektron mehnatga layoqatsizlik varaqalari eʼtiborsiz qoldirilib, bankning içki qoğoz jurnallari ustun qöyilgani taʼkidlandi.

Yolğiz ona, nogironligi bölgan hamda 20–30 yillik stajga ega ayollarga nisbatan qilinayotgan bu kabi harakatlar şunçaki mehnat nizosimi yoki xorijlik ekspatlar tomonidan mahalliy xodimlarni kamsitiş holatimi? Özbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 4-moddasida mehnat sohasida har qanday kamsitiş qatʼiyan taqiqlanişi belgilab qöyilgan. Bölib ötayotgan uşbu holat böyiça Oliy sudyalar kengaşi, Boş prokuratura hamda Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligidan huquqiy baho berişini sörab qolamiz.
Effect.uz tahririyati jurnalistik suriştiruv xolisligini taʼminlaş maqsadida ikkinçi taraf "Kapitalbank" rahbariyati hamda masʼul şaxslarining pozitsiyasini yoritişga tayyor va ulardan rasmiy munosabat kutib qoladi.




