Samarqand viloyatida noqonuniy qum-şağal qazib oliş holati aniqlandi. Huquqbuzarlardan biri ekologik nazorat xodimlariga qarşilik körsatib, xizmat avtomobiliga zarar yetkazdi.
Ekologiya qömitasi maʼlumotiga köra, Iştixon tumanidagi «Kötarma» mahallasi hududidan oqib ötuvçi Oqdaryo özanida ekskavator yordamida qum-şağal qazib olinayotgani aniqlangan.
Huquqbuzarlik töxtatilganida yuk maşinasi haydovçisi qonuniy talablarga böysunmay, qum-şağalni tökib yuborgan va ekskavator haydovçisining voqea joyidan qoçişiga şaroit yaratgan.
Şuningdek, u yuk avtomobili bilan xodimlardan birining xizmat maşinasiga zarar yetkazgan. Holat yuzasidan hujjatlar rasmiylaştirilib, tabiatga yetkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda.
Töplangan materiallar huquqiy baho beriş va tegişli çora köriş uçun huquqni muhofaza qiluvçi organlarga yuborilgan.




