Jamiyat

Quruvçi fuqaro mablağini jalb qilsa, 70 foizlik bank krediti majburiy böladi

Akmal Eshonxonov27 ko'rishlar
Quruvçi fuqaro mablağini jalb qilsa, 70 foizlik bank krediti majburiy böladi

«Köp kvartirali uylarni va boşqa köçmas mulk obyektlarini uluş kiritiş asosida quriş töğrisida»gi qonun qabul qilinib, Senatga yuborildi. Bu haqda «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi yetakçisi Alişer Qodirov maʼlum qildi.

Uning taʼkidlaşiça, agar quruvçi kompaniya qurilişga heç bölmaganda bir nafar fuqaroning mablağini jalb qilsa, u holda quriliş loyihasi uçun kamida 70 foiz miqdorida bank krediti jalb qilişi şart böladi.

Agar quruvçi obyektni 100 foiz öz mablaği hisobidan qursa, bunday majburiyat yuzaga kelmaydi. Qayd etilişiça, loyihaning 70 foizini taşkil etuvçi kredit mablaği bank nazorati mexanizmi sifatida qaralmoqda.

Şuningdek, quruvçi kompaniya qurilişni yakuniga yetkaza olmagan taqdirda, bank loyihani boşqa quruvçiga ötkaziş vakolatiga ega böladi.

Yaʼni, yangi tartibning asosiy maqsadi — fuqarolar mablağini himoya qiliş va quruvçining qurilişni oxiriga yetkazişini moliyaviy mexanizm orqali kafolatlaşdan iborat.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Quruvçi fuqaro mablağini jalb qilsa, 70 foizlik bank krediti majburiy böladi | Effect.uz