Ota-onalar farzandlarining taʼlimi uçun şartnoma tölovlarini amalga oşiradi. Universitet esa talabalarni qayerda va qanday şaroitda öqitişi, ularning taʼlim oliş huquqini qanday kafolatlaşi haqida javob berişi kerak. Ammo Navoiy innovatsiyalar universiteti atrofidagi vaziyatda aynan şu kabi savollarga javob yöq.
Navoiy viloyatida faoliyat yuritayotgan Navoiy innovatsiyalar universiteti atrofida töplangan eʼtirozlar endi oddiy maişiy yoki içki taşkiliy muammolar doirasidan çiqib ketdi. Ota-onalar, talabalar va universitet xodimlari nomidan yöllangan murojaatlarda taʼlim binolarining huquqiy maqomi, moddiy-texnik baza, öqituvçilarning mehnat şaroiti, moliyaviy faoliyat, rahbariyatdagi ehtimoliy manfaatlar töqnaşuvi va davlat organlari tomonidan ötkazilgan örganişlar natijasi yuzasidan jiddiy savollar qöyilgan.
Eng taşvişli jihati — turli murojaatlarda 12–14 ming nafar atrofida talaba tahsil olayotgani aytilmoqda. Ularning aniq soni rasmiy maʼlumotlar asosida tekşirilişi lozim. Ammo raqam 12 mingmi, 13 mingmi yoki 14 mingmi — bu yerda gap minglab yoşlarning taqdiri haqida ketmoqda. Ular universitet rahbariyatining taşkiliy va moliyaviy qarorlari oqibatida taʼlim jarayonida uzilişlarga duç kelmasligi kerak.
Vazirlik tekşiruv belgilagan, natijasiz?
Taqdim etilgan hujjatlar orasida sobiq Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2026-yil 24-apreldagi xati bor. Unda vazirlikka kelib tuşgan murojaatlar yuzasidan vazirning 156-son buyruği qabul qilingani va şu buyruq asosida 2026-yil 27–29-aprel kunlari «Navoiy innovatsiyalar universiteti» MÇJ faoliyati tekşiruv dasturiga muvofiq örganilişi belgilangani maʼlum qilingan.

Demak, universitet faoliyati yuzasidan eʼtirozlar avval ham vakolatli davlat organiga yetkazilgan va rasmiy örganiş tayinlangan.
Biroq ota-onalar va murojaatçilarning aytişiça, şundan keyin ham ular kötargan muammolar yeçimini topmagan. Agar tekşiruv ötkazilgan bölsa, uning natijasi nima bölgan? Qanday kamçiliklar aniqlangan? Universitet rahbariyatiga qaysi körsatmalar berilgan? Ular bajarilganmi?
Bu savollarga javob beriş uçun tekşiruv dalolatnomasi, yakuniy maʼlumotnoma va körilgan çoralar haqidagi rasmiy hujjatlar jamoatçilikka taqdim etilişi zarur.
Aks holda, tekşiruv tayinlangani haqidagi xatning özi muammo hal etilganini anglatmaydi. Davlat nazoratining maqsadi qoğozda örganiş belgilaş emas, aniqlangan qonunbuzilişlarni bartaraf etiş va fuqarolar huquqlarini himoya qilişdir.
A blok, C blok va talabalar uçun yaratilgan şaroitlar
Murojaatlardagi asosiy eʼtirozlardan biri — universitetning moddiy-texnik bazasi va öquv binolari bilan boğliq. Taqdim etilgan fotosuratlarda universitetning A bloki sifatida körsatilgan bino hamda C blok deb belgilangan alohida bino aks etgan. C blok aks etgan kollajda u «avtoşkola» sifatida ham körsatilgan.

Ota-onalar va talabalar murojaatlarida universitet ayrim maşğulotlarni yuridik texnikum, avtoşkola va boşqa binolarda taşkil etayotgani, uşbu manzillarning litsenziya va boşqa ruxsat hujjatlarida aks etgan-etmagani yuzasidan şubhalar bildirilgan.
Bu yerda bir narsani aniqlaştiriş lozim: binolarning taşqi körinişi ularda taʼlim jarayoni qonuniy yoki noqonuniy taşkil etilganini isbotlamaydi. Buning uçun universitet litsenziyasida körsatilgan taʼlim manzillari, kadastr hujjatlari, ijara şartnomalari va amaldagi öquv jarayoni özaro soliştirilişi şart.
Şu bilan birga, A blokning yertöla qismini yomğir yoqqanda suv bosişi haqida ham maʼlumot berildi. Agar bu holat tasdiqlansa, yertöladan qanday maqsadda foydalanilayotgani, u yerda dars ötilişi yoki talabalar bölişi, elektr va sanitariya xavfsizligi talablariga rioya etilişi alohida tekşirilişi kerak.

Universitet rahbariyatidan oddiy savol söraladi: minglab talabalarning taʼlimi uçun yetarli, xavfsiz va belgilangan talablarga javob beradigan infratuzilma mavjudmi?
Davlat mulki ijarasi böyiça hujjatlar nimani körsatmoqda?
Taqdim etilgan yana bir muhim hujjat — Davlat aktivlarini boşqariş agentligi huzuridagi Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalaniş markazi Navoiy viloyati hududiy boşqarmasining 2026-yil 25-maydagi xati.
Unda Prezidentning 2025-yil 8-sentyabrdagi PQ-278-son qaroriga asosan «Navoiy yuridik texnikumi» davlat muassasasi binosi Navoiy şahridagi muhandislik maktabiga ötgani qayd etilgan.

Şuningdek, Maktabgaça va maktab taʼlimi vazirligi huzuridagi Ixtisoslaştirilgan taʼlim muassasalari agentligi 2026-yil 15-apreldagi xati bilan murojaat qilgani körsatilgan. Davlat mulki markazi esa universitetga onlayn-ijara tizimi orqali yuborilgan ijara şartnomalarini bekor qiliş hujjatlarini imzolaşni söragan.
Bu hujjat universitet foydalanib kelgan davlat mulki obyektlariga oid ijara munosabatlarida özgariş bölganini körsatadi. Biroq xatning özi şartnomalar amalda bekor qilingani yoki bino böşatilganini tasdiqlamaydi.
Şunday ekan, bir neçta muhim savol paydo böladi: qaysi bino böyiça ijara şartnomasi bekor qilinişi kerak bölgan? Şartnoma haqiqatan bekor qilinganmi? Agar bekor qilingan bölsa, universitet uşbu binodan keyinçalik qanday huquqiy asosda foydalangan? Eng muhimi, mazkur özgarişlar talabalarning öquv jarayoniga qanday taʼsir körsatgan?
Davlat mulkidan foydalaniş masalasidagi har qanday huquqiy özgariş oldindan rejalaştirilişi va talabalarning taʼlim oliş huquqiga zarar yetkazmasligi şart.
14 ming talaba qayerda taʼlim oladi?
Murojaatlardagi eng jiddiy xavotirlardan biri — universitetning öquv binolari yetarli emasligi va talabalar soni bilan mavjud infratuzilma örtasida nomutanosiblik borligi haqidagi daʼvolar.
Ota-onalar murojaatida ayrim maʼlumotlarda talabalar soni 14 ming nafar atrofida ekani aytilgan. Boşqa murojaatda esa 12 mingdan ortiq talaba haqida söz boradi. Universitet jamoasi nomidan yöllangan favqulodda murojaatda muassasada 13 mingga yaqin yoş tahsil olayotgani, 300 nafardan ziyod professor-öqituvçi va xodim mehnat qilayotgani qayd etilgan.
Raqamlardagi uşbu farq ham alohida tekşirilişi lozim. Universitetda amalda qança talaba bor? Ularning neçtasi kunduzgi, sirtqi yoki boşqa taʼlim şaklida öqiydi? Har bir taʼlim yönalişi böyiça öquv jarayoni qaysi manzilda taşkil etilgan? Binolarning siğimi talabalar soniga mos keladimi?

Murojaatda 2026-yil 5-oktyabr kuni birinçi kurs talabalarining bir vaqtda çaqirilgani, ayrimlariga dars ötilmagani yoki auditoriyalar yetişmasligi sababli boşqa joylarga yönaltirilgani haqida ham maʼlumot berilgan. Bu holatlar ham HEMIS maʼlumotlari, dars jadvallari, auditoriyalar siğimi va talabalarning körsatmalari orqali tekşirilişi kerak.
Agar universitetda haqiqatan ham 14 ming nafarga yaqin talaba tahsil olayotgan bölsa, ularning taʼlimi uçun zarur bölgan auditoriyalar, laboratoriyalar, kutubxona, sanitariya şaroitlari va boşqa infratuzilma talab darajasida bölişi şart.
Bu — universitet rahbariyatining ixtiyoridagi masala emas. Bu talabalarning qonuniy taʼlim oliş huquqi bilan boğliq majburiyatdir.
Moliyaviy faoliyat va manfaatlar töqnaşuvi haqidagi oğir daʼvolar
Universitet jamoasi nomidan Prezident va bir qator vakolatli davlat organlariga yöllangan yangi favqulodda murojaatda moliyaviy faoliyat yuzasidan ham jiddiy ayblovlar keltirilgan.
Murojaat mualliflari universitetning boş direktori Eldöst Rahmonovning avval vazirlik tizimida işlagan davri va universitetga litsenziya rasmiylaştirilişi jarayonida manfaatlar töqnaşuvi bölgan bölişi mumkinligini iddao qilmoqda. Şuningdek, universitetdagi moliyaviy operatsiyalar, şartnoma tölovlari, soliq majburiyatlari va pul mablağlarining sarflanişi yuzasidan mustaqil taftiş ötkazişni söraşgan.
Murojaatda sönggi tört yil davomida talabalar şartnoma tölovlari hisobidan universitetga yiliga 150 milliard sömdan ortiq, umumiy hisobda esa 500–600 milliard söm atrofida mablağ kelib tuşgani haqida daʼvo keltirilgan. Şu bilan birga, soxta xizmat körsatuvçi subyektlar orqali pul mablağlarini naqdlaştiriş, soliqlardan böyin tovlaş va mablağlarni özlaştiriş haqida ham oğir ayblovlar bildirilgan.
Murojaatda içki audit va nazorat lavozimlariga rahbarning yaqin qarindoşlari, tanişlari va kursdoşlari tayinlangani, eʼtiroz bildirgan xodimlarga bosim ötkazilgani va ular asossiz işdan böşatilgani haqida ham yozilgan.
Albatta, bu daʼvolarning birortasini tekşiruvsiz isbotlangan jinoyat deb baholab bölmaydi. Biroq ularni şunçaki inkor etiş ham mumkin emas. Ayniqsa, gap minglab talabalar tölagan şartnoma mablağlari va taʼlim muassasasining moliyaviy şaffofligi haqida borayotgan bir paytda.
Şu sababli universitetning 2022–2026-yillardagi moliyaviy faoliyati, bank hisobvaraqlari böyiça operatsiyalari, şartnoma tuşumlari, xarajatlari, quriliş va ijara tölovlari, xizmat körsatuvçi taşkilotlar bilan bitimlari mustaqil va xolis tekşirilişi lozim.
Agar mablağlar qonuniy sarflangan bölsa, audit natijalari buni körsatadi. Agar qonunbuzilişlar mavjud bölsa, ularga huquqiy baho berilişi şart.
Öqituvçilarning mehnat huquqlari ham savol ostida
Murojaatlarda professor-öqituvçilarning iş yuklamasi va mehnat şaroiti yuzasidan ham eʼtirozlar bildirilgan. Jumladan, ayrim öqituvçilarga bir stavka uçun 650–800 soatgaça auditoriya maşğulotlari yuklatilgani, iş haqi va qöşimça tölovlar masalasida muammolar mavjudligi, eʼtiroz bildirgan xodimlarga işdan böşatiş bilan tahdid qilingani haqida maʼlumotlar keltirilgan.
Bu raqamlar va holatlar mehnat şartnomalari, tarifikatsiya hujjatlari, dars jadvallari, iş vaqti hisoboti va iş haqi vedomostlari orqali tekşirilişi kerak.
Universitetda taʼlim sifati uçun masʼul bölgan öqituvçilarning özi mehnat huquqlari himoyalanmagan şaroitda işlasa, bu taʼlim jarayoniga ham salbiy taʼsir körsatişi mumkin.
Yangi qabulni davom ettirişdan oldin javob berilişi kerak bölgan savollar bor
Murojaat mualliflari 2026–2027 öquv yili uçun yangi talabalar qabul qiliş jarayonini ham töxtatişni söraşgan. Ularning fikriça, mavjud talabalar uçun ham bino va şaroit masalasi hal etilmagan bir paytda yangi qabulni davom ettiriş kelgusida muammoni yanada oğirlaştirişi mumkin.
Bu eʼtirozni jiddiy qabul qiliş kerak. Çunki yangi qabul — faqat abituriyentlardan şartnoma tölovlarini qabul qiliş emas. Bu universitet zimmasiga yangi majburiyatlar oliş, ularni belgilangan taʼlim dasturlari asosida öqitiş, zarur auditoriya va öqituvçilar bilan taʼminlaş demakdir.
Universitet rahbariyati yangi qabulni davom ettirişdan oldin mavjud talabalarning taʼlimi qanday taşkil etilgani, binolarning qonuniy maqomi va öquv siğimi haqida jamoatçilikka aniq maʼlumot berişi şart.
Hozirgi talabalarning taʼlimi töliq taʼminlanmagan bölsa, yangi abituriyentlarni ham qabul qiliş orqali masʼuliyatni yanada oşiriş qanday asosga ega?
Vazirlik almaşdi, ammo muammo eskiligiça qolmasligi kerak
Avvalgi murojaatlar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga yöllangan. Hozir esa vazirlik qayta taşkil etilgan va taʼlim hamda ilm-fan sohasidagi masʼuliyat yangi vazirlik zimmasiga ötgan.
Şu bois uşbu masala yangi rahbariyat — Taʼlim va ilm-fan vazirligi tomonidan ham alohida nazoratga olinişi kerak. Vazirlik rahbari Erkinjon Turdimovdan universitet atrofidagi eʼtirozlarga umumiy va rasmiyatçilikka asoslangan javob emas, balki hujjatlar bilan tasdiqlangan aniq munosabat kutiladi.

Aprel oyida tekşiruv belgilangan bölsa, uning natijasi oçiqlanişi, may oyida davlat mulki ijarasi böyiça xat yuborilgan bölsa, şartnomalarning keyingi taqdiri maʼlum qilinişi, talabalar soni va öquv binolarining siğimi böyiça rasmiy raqamlar taqdim etilişi zarur.
Masala faqat universitet rahbariyatining izoh berişi bilan çeklanmasligi kerak. Bu yerda taʼlim sifati, davlat mulki, moliyaviy şaffoflik va minglab yoşlarning huquqlari bilan boğliq bir-biriga çambarças boğlangan savollar bor.
EFFECT.UZ rasmiy izoh va hujjatlarni ochiqlashni so'raydi
Yuqoridagi holatlar yuzasidan quyidagi idoralardan rasmiy munosabat va hujjatli izoh söraymiz:
Taʼlim va ilm-fan vazirligi — universitetning amaldagi litsenziyasi, taʼlim manzillari, talabalar soni, öquv binolari siğimi, 27–29-aprel kunlari ötkazilgan örganiş natijalari va aniqlangan kamçiliklar haqida;
Davlat aktivlarini boşqariş agentligi — universitet foydalangan davlat mulki obyektlari, ijara şartnomalari va ularning bekor qilinişi böyiça;
Soliq organlari — murojaatda keltirilgan moliyaviy aylanmalar va soliq majburiyatlari yuzasidan qonun doirasida tekşiruv ötkazilgan-ötkazilmagani haqida;
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi — rahbariyatda ehtimoliy manfaatlar töqnaşuvi va kadrlar tayinlovi bilan boğliq daʼvolar yuzasidan;
Boş prokuratura — moliyaviy qonunbuzilişlar, davlat mulkidan foydalaniş va murojaatlarda keltirilgan boşqa holatlarga huquqiy baho beriş masalasida.
Şuningdek, universitet rahbariyatidan ham barça savollarga oçiq va hujjatlarga asoslangan javob berişni söraymiz. Eng avvalo, talabalarga aniq javob kerak: ular qayerda, qanday şaroitda va qaysi huquqiy asosda taʼlim olişda davom etadi?
14 ming nafarga yaqin talaba — bu şunçaki statistika emas. Ularning har biri ota-onasining işonçi, mablaği va kelajak rejasi bilan universitetga kelgan. Ularning taʼlim oliş huquqi rahbariyatning taşkiliy xatolari, ehtimoliy moliyaviy muammolar yoki davlat mulki böyiça hal etilmagan munosabatlar qurboniga aylanmasligi şart.
Universitet rahbariyati bir narsani unutmasligi kerak: talabalarning şartnoma tölovlarini qabul qiliş huquqi ularga sifatli va qonuniy taʼlim beriş majburiyati bilan birga keladi. Bu majburiyatni bajariş imkoniyati bölmasa, uning oqibatini talabalar va ota-onalar zimmasiga yuklaş mumkin emas.
Taʼlim muassasasi minglab yoşlarning kelajagi uçun masʼul. Universitet rahbariyati bu masʼuliyatni qanday bajarayotgani esa endi faqat içki masala emas — jamoatçilik va davlat nazorati talab qiladigan masalaga aylangan.




