Energetika sohasidagi yirik moliyaviy jinoyat haqidagi iş sudga yuborildi. Mazkur işda sobiq vazir Jörabek Mirzamahmudov va boşqa şaxslar davlatga 498 milliard sömlik zarar yetkazişda ayblanmoqda.
Maʼlum qilinişiça, iş doirasida Jörabek Mirzamahmudov va boşqa şaxslar davlat mablağlarining jami 498 milliard sömini talon-toroj qilişda ayblanmoqda. Effect.uz manbasiga maʼlum bölişiça, jinoiy iş doirasida Mirzamahmudovning akasi ham qamoqqa olingan.

Bu holat energetika sohasidagi boşqaruv, davlat mablağlaridan foydalaniş va ular ustidan nazorat tizimi yuzasidan jiddiy savollarni keltirib çiqaradi.
Ayniqsa, mamlakatda elektr energiyasi va tabiiy gaz taʼminoti bilan boğliq muammolar saqlanib qolayotgan bir paytda, sohadagi yirik moliyaviy qonunbuzilişlar haqidagi xabarlar jamoatçilik eʼtiborini yanada kuçaytiradi.
Davlat mablağlarining bunday miqdorda talon-toroj qilingani haqidagi ayblovlar energetika tizimidagi muammolarga qay darajada taʼsir körsatgan? Sohadagi boşqaruv va nazorat mexanizmlari öz vazifasini bajarganmi?
Albatta, bu savollarga sud jarayonida taqdim etiladigan dalillar va sudning qonuniy, xolis qarori oydinlik kiritadi. Ayblanuvçilarning aybi sudning qonuniy kuçga kirgan hukmi bilan tasdiqlanmagunça, ular aybsiz hisoblanadi.
Maʼlumot örnida, Jörabek Mirzamahmudov 2022-yil sentyabridan beri vazirlikka rahbarlik qilib kelayotgandi.
Jörabek Mirzamahmudov 1979-yilda Namangan viloyatida tuğilgan. 2001-yil AQŞdagi Alabama universitetini, 2005-yil Toşkent kimyo-texnologiyalar institutini tamomlagan.
2006-2012-yillarda «Özbekneftgaz»da turli lavozimlarda işlagan, 2012-2014-yillarda iqtisodiyot vaziri örinbosari, 2014-2017-yillarda «Özkimyosanoat» raisi örinbosari bölgan, 2017-2018-yillarda Vazirlar Mahkamasida departament mudiri lavozimida işlagan, 2018-2019-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantiriş agentligi boş direktori, 2019-yildan «Özatom» agentligi boş direktori bölgan. 2019-2020-yillarda energetika vaziri örinbosari lavozimida faoliyat körsatgan, 2020-yil yanvarida «Özkimyosanoat» AJ boşqaruvi raisi lavozimiga tayinlangan.
Mirzamahmudov işdan olingaç, Prezidentning tegişli farmoni bilan Şerzod Xöjayev energetika vaziri etib tayinlangan.




