U ayblanuvçiga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi böyiça tergov harakatlarini uning foydasiga hal qiliş, zarar miqdorini kamaytiriş va qidiruvni bekor qilişni vaʼda qilganlikda gumonlanmoqda.
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Boş prokuraturaning Şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazdi.
Tadbir davomida Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamentining Farğona şahar bölimi tergovçisi pora olişda gumon qilinib uşlangan.
Maʼlum qilinişiça, u Jinoyat kodeksining 167-moddasi bilan qözğatilgan jinoyat işi doirasida tergov harakatlarini ayblanuvçi foydasiga hal qiliş, yetkazilgan zarar miqdorini kamaytiriş hamda unga nisbatan eʼlon qilingan qidiruvni bekor qiliş evaziga pora olganlikda gumon qilinmoqda.
Holat yuzasidan mazkur şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 3-qismi «a» bandi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov natijalari böyiça qöşimça maʼlumot berilmagan. Gumon qilinuvçining aybi sudda isbotlanmagunça u aybsiz hisoblanadi.



