Surxondaryolik fuqaro beş yillik tahsilidan keyin mutaxassisligi böyiça işlaşga tösiqqa uçrayotganini aytmoqda. Uning murojaatiga köra, diplomida «pedagog» degan qayd yöqligi sababli maktab va hatto boğçalarga işga joylaşiş imkoni bölmayapti.
EFFECT.UZ tahririyatiga Surxondaryo viloyati Qumqörğon tumani Şeroziy mahallasida yaşovçi Şerzod Samatov murojaat qildi.
Uning aytişiça, 2020-yilda Prezident farmoni asosida mahalliy byudjet mablağlari hisobidan Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat institutining bakalavriat bosqiçiga maqsadli, sirtqi taʼlim şaklida, «Musiqali teatr rejissyorligi» yönalişi böyiça öqişga qabul qilingan.
Samatov 2025-yilda oliy taʼlim muassasasini tamomlab, diplom olgan. Biroq öz hududidagi maktabga işga joylaşiş istagi bilan murojaat qilganida, diplomida «pedagog» degan mutaxassislik qaydi mavjud emasligi sababli işga qabul qiliş masalasida tösiqqa duç kelganini bildirmoqda.

Murojaatçi taʼkidlaşiça, uning diplomi maktabgagina emas, hatto maktabgaça taʼlim taşkilotlariga işga joylaşişda ham qabul qilinmayotgani, elektron bazada tegişli lavozimga muvofiq kelmasligi haqida maʼlumot çiqişi aytilgan.
«Nahotki, oliy maʼlumotli böla turib, maktabga işga kira olmasam? Şunça yil sarflagan vaqtim, qilgan xarajatlarim bir tiyinga aylanib qoladimi?» — deydi Samatov.
Şerzod Samatovning fikriça, Özbekistonda aynan şu yönaliş böyiça mutaxassis tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasasi sanoqli ekan, diplom egalari işga joylaşişda bunday muammolarga duç kelmasligi kerak.
Masala yuzasidan masʼul idoralar quyidagi savollarga oydinlik kiritişi lozim:
2020-yilda mahalliy byudjet mablağlari hisobidan maqsadli öqişga qabul qilingan fuqaroga qanday kasbiy malaka berilişi belgilangan?
«Musiqali teatr rejissyorligi» yönalişini tamomlagan bitiruvçi qaysi lavozimlarda işlaş huquqiga ega?
Diplomda «pedagog» degan qayd bölmasligi uning maktab yoki maktabgaça taʼlim muassasasida işlaşiga qay darajada huquqiy tösiq böladi?
Agar mutaxassislik böyiça işga joylaşiş imkoniyati çeklangan bölsa, bu haqda abituriyent öqişga qabul qilinayotgan vaqtda xabardor qilinganmi?
EFFECT.UZ uşbu murojaat yuzasidan Özbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti, Taʼlim va ilm-fan vazirligi hamda maktabgaça va maktab taʼlimi sohasi uçun masʼul idoralardan rasmiy izoh kutadi.
Davlat mablaği hisobidan maqsadli taʼlim olgan bitiruvçining kasbiy kelajagi va işga joylaşiş imkoniyati masalasi huquqiy jihatdan aniqlaştirilişi kerak. Zero, fuqaro beş yil tahsil olib, diplom olganidan keyin öz mutaxassisligi böyiça işlaş imkoniyati bor-yöqligini bilolmay qolmasligi lozim.



