Jamiyat

IMAN kompaniyasi investorlar oldida oçiq hisobot berişni vaʼda qilmoqda

Akmal Eshonxonov34 ko'rishlar
IMAN kompaniyasi investorlar oldida oçiq hisobot berişni vaʼda qilmoqda

Sönggi paytlarda IMAN kompaniyasi faoliyati bilan boğliq masalalar ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinmoqda. Komandit şirkati direktori Zuhrulloh Boboyev uşbu vaziyat yuzasidan bayonot berib, bundan buyon investorlar va kuzatuvçilarga kompaniyada yuz berayotgan jarayonlar haqida muntazam va şaffof maʼlumot taqdim etib borişini bildirdi.

Boboyevning aytişiça, u endilikda IMAN kompaniyasining rasmiy vakili sifatida çiqiş qilib, investorlar oldidagi masʼuliyatni his qilgan holda yuzaga kelayotgan savollarga javob berib boradi.

Uning taʼkidlaşiça, kelgusidagi çiqişlarda uçta asosiy yönalişga eʼtibor qaratiladi.

Birinçisi — kompaniyaning joriy holati, moliyaviy körsatkiçlari, savdo jarayonlari, xavfsizlik tarmoği hamda investorlarning mablağlarini qaytarib oliş böyiça yuborgan sörovlari holati.

Ikkinçisi — kompaniya içidagi özgarişlar, qabul qilinayotgan qarorlar va kelgusidagi rejalar.

Uçinçisi — mustaqil tekşiruvlar natijalari. Jumladan, şariat, huquqiy va moliyaviy audit xulosalarini bevosita jamoatçilikka yetkaziş rejalaştirilmoqda.

Kompaniya direktori investorlar va kuzatuvçilar oldida katta masʼuliyat borligini taʼkidlab, şaxsiyatlarga emas, aniq va xolis maʼlumotlarga eʼtibor qaratilişini bildirdi.

Şuningdek, u IMAN kompaniyasidagi özgarişlar va audit xulosalaridan xabardor böliş uçun kuzatuvçilarni kompaniyaning rasmiy axborot kanallariga obuna bölişga çaqirdi.

Endi asosiy masala — bildirilgan vaʼdalarning amalda qanday bajarilişi. Xususan, investorlarning mablağlarini qaytariş böyiça sörovlar, kompaniyaning haqiqiy moliyaviy holati va mustaqil audit xulosalari jamoatçilik kutayotgan eng muhim maʼlumotlar bölib qolmoqda.

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

IMAN kompaniyasi investorlar oldida oçiq hisobot berişni vaʼda qilmoqda | Effect.uz