Jamiyat

Yoqilgan xazon inson salomatligi uçun qançalik zararli?

Akmal Eshonxonov5 ko'rishlar
Yoqilgan xazon inson salomatligi uçun qançalik zararli?

Afsuski, kuz fasli kelişi bilan ayrim hududlarda xazonlarni yoqiş holatlari kuzatilmoqda. Köpçilik bunga oddiy holat sifatida qaraydi, ammo, mutaxassislarning fikriça, bir neça soniyada yoqib yuborilgan xazonlar, şox-şabbalar va ösimliklar qoldiqlari ortidan atmosferaga inson salomatligi va tabiat uçun xavfli moddalar tarqaladi.

Ekologiya va iqlim özgarişi milliy qömitasi boş mutaxassisi Alişer Xudoyberdiyevning taʼkidlaşiça, xazonlar yonganida havoga mayda dispers zarraçalar (PM2.5 va PM10), uglerod oksidi va boşqa zararli birikmalar ajralib çiqadi hamda ifloslanişga sabab böladi. Şuningdek, yoniş sababli tuproq yuzasidagi foydali mikroorganizmlar nobud bölib, tuproqning tabiiy unumdorligiga zarar yetadi.

Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi şifokori Muzaffar Karimovning taʼkidlaşiça, xazonlar yoqilganda ajralib çiqqan zararli moddalar nafas orqali inson organizmiga kirib, ayniqsa, bolalar, keksalar va nafas yöllari kasalliklariga çalingan insonlar uçun xavf tuğdiradi. Tutun esa köz açişişi, yötal, nafas qisişi va allergik reaksiyalarni keltirib çiqarişi, astma va boşqa surunkali nafas yöllari kasalliklarini kuçaytirişi mumkin. Mayda zarraçalar öpkaga çuqur kirib, yurak-qon tomir tizimiga ham salbiy taʼsir körsatadi.

Taʼkidlaş joizki, tökilgan barglarni yoqiş örniga ularni kompostga aylantiriş, maydalab tuproq uçun tabiiy öğit sifatida işlatiş mumkin. Bu nafaqat havo ifloslanişining oldini oladi, balki tuproq unumdorligini oşirişga ham xizmat qiladi.

Unutmang! Xazonlarga öt qöyiş bir qaraganda oddiy körinadigan, ammo öta oğir oqibatlarga olib keladigan xavfdir. Şunday ekan, xazonlar, ösimliklar qoldiqlari, şox-şabbalarni yoqmang! Agar şunday holatlarga guvoh bölsangiz, 11-57 qisqa raqami yoki @ecogovuz_bot orqali xabar bering!

Ulashish:

O'xshash yangiliklar

Yoqilgan xazon inson salomatligi uçun qançalik zararli? | Effect.uz