Xorijda işlayotgan özbekistonliklar aldansa yoki mehnat huquqlari buzilsa, ularni himoya qiliş va zarur hollarda kompensatsiya tölaş mexanizmlari yölga qöyiladi. Qiyin vaziyatga tuşib qolgan fuqarolarni Vatanga qaytariş uçun tezkor işçi guruhlar ham taşkil etiladi.
Bugun davlat rahbari raisligida ötkazilgan yiğilişda taşqi mehnat migratsiyasi sohasidagi muammolar va kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalar muhokama qilindi.
Yiğilişda xorijga işlaş uçun ketayotgan fuqarolarning huquqlari yetarliça himoya qilinmagani, ayrim hamyurtlarimiz turli aldovlarga uçragani va mehnat huquqlari buzilgani kabi muammolarga eʼtibor qaratildi.
Endi bu borada xususiy mehnat migratsiyasi agentliklariga ham katta masʼuliyat yuklanadi. Xorijiy tillarni biladigan yoşlarni yuqori maoşli iş örinlariga joylaştiriş, ular uçun munosib mehnat şaroitlarini yaratiş va huquqlarini himoya qiliş böyiça yangi vazifalar belgilangan.
Şuningdek, xorijda mehnat huquqlari buzilgan fuqarolarga kompensatsiya tölaş mexanizmlarini yölga qöyiş közda tutilmoqda.
Yana bir muhim yangilik — xorijda oğir vaziyatga tuşib qolgan özbekistonliklarni aniqlaş va ularni tezkor ravişda Vatanga qaytariş maqsadida maxsus işçi guruhlar taşkil etiladi.
Davlat rahbari xorijga ketayotgan yoki çet eldan qaytayotgan har bir fuqaroning huquqlari himoya qilinişi şartligini taʼkidlab, bu borada davlat kafolat berişini bildirgan.
Endilikda eng muhim masala — belgilangan vazifalarning amalda qanday bajarilişi va xorijdagi hamyurtlarimiz uçun yaratiladigan himoya mexanizmlari qançalik samarali işlaşidir.




